2022-03-22 10:00:56
#Ekologiya_bõlimlari Autekologiya - organizmning tashqi muhit bilan munosabatlari, hayotiy shakllari, muhitga moslashishdagi xulq-atvori kabilarni o‘rganadi.
Demekologiya - populatsiyalar ekologiyasi, populatsiyada individlar sonining o‘zgarishi, populatsiyadagi guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi fan.Demekologiya doirasida populatsiyalarning shakllanish shart-sharoitlari o‘rganiladi. Demekologiya tashqi muhit ta‘siri ostida individlar sonining o‘zgarish sabablarini o‘rganadi
.
Sinekologiya - har xil turga mansub organizmlar jamoalarining o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini o‘rganadi.Bunda ayrim hududlarda yashaydigan mikroorganizmlar, o‘simlik, hayvon turlarining xilma-xilligi, tarqalishi, ular orasidagi raqobatlar va boshqa ekologik muammolar o‘rganiladi.
Biogeosenologiya - biogeosenozlarning tuzilishi va xususiyatlarini o‘rganadi.
Evolutsion ekologiya - sayyoramizda hayotning paydo bo‘lishi bilan birga ekologik sistemalarning o‘zgarishini, biosfera evolutsiyadiga insonning ta‘sirini o‘rganadi.
Tarixiy ekologiya - insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishi natijasida neolit davridan hozirgi davrgacha yuz bergan ekologik o‘zgarishlarni o‘rganadi.
@BIOLOGIYA_KANAL | Abituriyentlar uchun foydali kanal
Do‘stlaringizga ham ulashing
11.8K views𝑀𝑢ℎ𝑎𝑚𝑚𝑎𝑑𝑎𝑙𝑖 𝐵𝑜𝑙𝑡𝑎𝑏𝑜𝑦𝑒𝑣, edited 07:00