Get Mystery Box with random crypto!

POYALARNING XILMA - XILLIGI POYA - òsimlikning barcha yer | BIOLOGIYA KANALI | Rasmiy

POYALARNING XILMA - XILLIGI

POYA - òsimlikning barcha yer ustki organlarini birlashtirib , yer ostki qismga bog'lab turadigan markaziy tayanch organ hisoblanadi.

Poyaning ichki tuzilishiga ko'ra:
1. Yog'och poya (daraxt, buta , yarim buta)
2. O't poya ( kòp , ikki , bir yillik òsimliklarda )

Poyaning uzunligiga ko'ra:
1.Kalta (piyozda)
2.Uzun

a) Òzbekistonda : Mirzaterak 20 - 25 m
b) Kaliforniyada : Sekvoyodendron 110- 140 m
c) Avstraliyada : Evkalipt 150 - 155 m
d) Janubiy osiyoning tropik o'rmonlarida o'suvchi - Rotang palmasi ( uzunligi 400 m )

Shoxlanishiga ko'ra:
1.Shoxlangan (olma,yong'oq)
2.Shoxlanmagan (palma)

O'sishiga qarab bir necha xil bo'ladi

a) Kòtarilib òsuvchi - SEBARGA
b) Òraluvchi - Qo'ypechak , Karnaygul
c) Yoyilib yoki palak yoyib òsuvchi - Qovoq , Qovun , Tarvuz , Bodring , Temirtikan
d) Òrmalovchi - Qulupnay , G'ozpanja
e) Tik o'suvchi - Terak, Olma, Qayrag'och,Bug'doy
f) O'simliklari gajaklari yordamida ilashib o'sadi-Tok, Qovoq va No'xat

Poyalarning yo'g'onligiga ko'ra:
a) Ipsimon - ( Pechaklar )
b) Uzunligi 4 - 6 m - ( Yong'oq )
c) Uzunligi 8-10 m- (Chinor)

: Nuriddinov Amriddin

@BIOLOGIYA_KANAL | Oʻzbekistondagi eng katta va eng rivojlangan biologiya kanali

Doʻstlaringizga ham ulashing