Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro darajada ish topish eng oson bo‘lgan ikkita kasb bor: | ©️Habiba bintu Lutfulloh

Xalqaro darajada ish topish eng oson bo‘lgan ikkita kasb bor: o‘qituvchilik va hamshiralik.
Agar siz o‘z ishining ustasi bo‘lgan mohir o‘qituvchi bo‘lsangiz dunyoning istalgan davlatidan ish topishingiz mumkin. Qizig‘i shundaki, mohir o‘qituvchilarga rivojlangan davlatlarda emas rivojlanayotgan davlatlarda yaxshiroq to‘lashadi.

Masalan men hozir istasam Emirotda, Turkiyada, Qatarda, Braziliyada, Argentinada, Qozog‘istonda, yoki Xitoyda bemalol ish topib ketishim mumkin. Xususiy maktab va universitetlardan takliflar ko‘p.

Ayniqsa, rivojlangan davlatlarda universitetni bitirib, u yerda tajriba orttirsangiz siz uchun dunyo eshiklari ochiq.

Bizda o‘qituvchilar va hamshiralarga past nazar bilan qaraladi. Aslida bu ikki soha ish topish uchun eng zo‘r sohalar. Sharti shuki zo‘r mutaxassis bo‘lishingiz kerak.

Filippin degan davlat bor. U yerni hamshiralar fabrikasi deyish mumkin. Ingliz tilida hamshiralar tayyorlash kollejlari bor. Ularni bitirib chiqqan hamshiralar talash, rivojlangan va boy davlatlar Filippindan kadr yollashga harakat qiladi. Chunki ular nihoyatda sabrli, muloyim va o‘z ishining ustasi. Saudiyada,Qatarda Emirotda, Amerikada, Angliyada, Kanada va boshqa davlatlarda jami yuz minglab minglab Filippinlik hamshiralar ishlaydi. Saudiyaning o‘zida har bitta davlat va xususiy shifoxonalarida o‘nlab Filippinlik hamshiralarni uchratasiz. Angliyada ham shunday. Rivojlangan Yevropa davlatlariga borib besh yil ishlasa doimiy yashash huquqini oladi, vizasiz yashayveradi.

Men akkreditasiya haqida bejizga kuyunib gapirmayman. Akkreditasiya oddiy qilib aytganda bu tan olinish. Ta’lim muassasasini chet davlatlarda tan olishlari kerak. Bizdagi tibbiy ta’lim muassasalarini xorijda tan olishmaydi chunki akkreditasiyadan o‘tmagan. Shuning uchun kuchli doktorlar ham Angliyaga keladigan bo‘lsa noldan boshlashga majbur. O‘zbekistonlik jigar bo‘yicha mutaxassis oddiy hamshiralikka ham ilinmaganini bilaman.

Iroda Ahmed
https://t.me/YaqinOzbek