Get Mystery Box with random crypto!

Hozir Konstantin Razumovning ishlarini ko'zdan kechirdim. Ras | Baxt🦩

Hozir Konstantin Razumovning ishlarini ko'zdan kechirdim. Rassomning ijodiy galereyasini asosan ayollar, bolalar va hayvonlar obrazi tashkil qiladi. Uning suratlarini tomosha qilayotgan odam 19 - asrning oxiri va 20 - asrning o'rtalaridagi Parij, Rim, London va Amsterdamning ko'chalariga tushib qoladi. Razumov asosan issiq ranglardan foydalangan. Bahor, yoz, oftob, gul va latofatli ayollar — shunday ajoyib tandemni tashkil qilganki, undan yoshlik va muhabbatning harorati ufurib turibdi. Palatnoda tasvirlangan ayollar obraziga e'tibor bering. Nazarimda ular ayollarga bag'ishlangan poemaga o'xshaydi. O'ta nozik nafosatni o'zida jamlagan bog'dagi gullarday tasvirlangan. Balki rassom dunyodagi barcha ayollarni shunday bo'lishini ich ichidan xohlagandir.