Get Mystery Box with random crypto!

#Zakovat Zakovat-- Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini | Bilol School

#Zakovat
Zakovat-- Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual salohiyatini yuksaltirishda samarali yordam beruvchi intelektual o'yindir.

"Bilol School" xususiy maktabida ham zakovat o'yiniga alohida e'tibor berildi va 10-dekabr kuni 5-sinfdan 9-sinfgacha o'quvchilar o'rtasida zakovat intelektual o'yini o'tkazildi. 3 bosqichda bo'lib o'tgan o'yinda har bir sinfdan 2,3 ta guruh ishtirok etdi.

Bellashda o'quvchilarning yoshlari inobatga olindi va to'g'ri javob topgan kichik sinf o'quvchilari yuqoriroq ball bilan baholandi

Yakunda "Matematiklar" jamoasi 1-o'rin(9-sinf), "Umid" jamoasi 2-o'rin( 7-sinf), " Tafakkur" jamoasi 3-o'rin( 8-sinf) va "Bilimdonlar" jamoasi 4-o'rin(5-sinf) larni egallashdi.