Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 #RasmiyMunosabat Fizika fanidan test topshiriqlari | Bilimlar dunyosi o’quv markazi

#Qabul2022 #RasmiyMunosabat
Fizika fanidan test topshiriqlari yuzasidan

Telegram kanallarda Davlat test markazining fizika fanidan ekspertlari tanqid qilinib, fizika fanidan ayrim test topshiriqlari Turkiyadan shundayligicha ko‘chirib olingani aytilgan.

Qayd etish kerakki, fizika fanidan keltirilgan test topshiriqlari turk tilidagi test topshiriqlaridan yoki boshqa manbalardan ko‘chirib olinmagan. Balki xorijiy tashkilotlar tomonidan tuzilgan test topshiriqlari o‘rganilib, ulardan g‘oya olingan holda yangi test topshiriqlari shakllantirilgan. Bu testologiya qoidalariga va mualliflik huquqiga zid emas.

Davlat test markazining ekspertlari tomonidan tuzilgan test topshiriqlari xorijiy manbalardagi savollar bilan bir xil emas va ular O‘zbekistondagi davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlari asosida tuzilgan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube