#hayyalassolah Koʻp qon yoʻqotib, hushidan ketayotgan Umar ro | BILMAYMAN
#hayyalassolah
Koʻp qon yoʻqotib, hushidan ketayotgan Umar roziyallohu anhu:
"Namoz! Namozimni toʻliq oʻqimadim-ku!" der edilar. Umarning oʻy-fikrlari namozda edi, bola-chaqa, mol-dunyo haqida oʻylamadilar.
Sahobalar: "Alloh yordam bersin, oʻqib oling!" dedilar. Namozlarini toʻliq ado qildilar.
Jon berar chogʻlarida ham:
"Namozga mahkam boʻling! Namozga beparvo boʻlmang! Namozni tark qilgan kishining Islomda nasibasi yoʻq!
Namozini saqlaganni Alloh saqlaydi, namozni zoye qilganni Alloh zoye qiladi!" dedilar.
"Qalblar tizgini" kitobidan
@XOJA_AL_MAHMUD