Get Mystery Box with random crypto!

​​'Butun shahar aholisi ekranlarga tikilgancha oʻtirarkan, ula | Biblio Maniac

​​"Butun shahar aholisi ekranlarga tikilgancha oʻtirarkan, ularga yaqinlashib kelayotgan xavfni hech biri sezmasdi"

Rey Bredberining "Farengeyt boʻyicha 451" asari ilk bor bundan 70 yilcha oldin dunyo yuzini koʻrdi. Shunday boʻlsa ham kitobda yozilgan voqealar sizga koʻproq hozirgi davrni eslatadi.

Monteg ismli o't oʻchiruvchi aslida "fikrlarni" olovda kuydirish bilan shugʻullanardi. U oʻt oʻchiruvchilar qachonlardir olovni oʻchirish bilan shugʻullanishganini xayoliga ham keltirmaydi. Xuddi robotdek savol bermasdan, bir xil hayot tarzi. Har bir inson manipulyatsiya qilingan. Ozchilik fikrlaydiganlar doimiy kuzatuv ostida. Kitoblar ta‘qiqlangan. Ularning taqdiri soʻzsiz olov bilan tugashi tabiiy holdek koʻrinardi. Lekin, bir kuni Monteg fikrlashni boshlaydi, bunga oʻsha tundagi voqea sabab boʻlgan edi. Aniqrogʻi, oʻsha oʻsmir qiz... Davomi kitobda:)

Kitobni oʻqish vaqtida oʻzingizni xuddi boshqa olamga tushib qolgandek his qilasiz. Goʻyo, parallel olamda boʻlayotgan voqealardan xabar topayotgandek his qilasiz. Menimcha, bunga sabab kitobdagi holatlar hozirgi davrga juda oʻxshab ketishidir.

Nazarimda, ushbu asarni hozirgi davrda har bir inson oʻqishi kerak. Negaligini bilmoqchi boʻlsangiz kitobni oʻqib koʻring. Albatta, javob topasiz;)

Farruxbek•Matkarimov