Get Mystery Box with random crypto!

Parolni unutgan abituriyentlar nima qiladi? Agar shaxsiy kabi | Biologiya | Vaksina-najot!

Parolni unutgan abituriyentlar nima qiladi?

Agar shaxsiy kabinetingiz parolini eslay olmayotgan bo‘lsangiz, unda bu unchalik qo‘rqinchli emas. Parolni qayta tiklash mumkin. Buning uchun quyidagi bosqichlardan o‘tish kerak:

abitur.dtm.uz saytiga kiring va aynan roʻyxatdan oʻtgan telefon raqamni kiriting (1-rasm);

“Parolni tiklash” tugmasini bosing (2-rasm);

telefonga SMS keladi, o‘shandagi 5 xonali kodni kiriting (3-rasm);

parolingizni yangilash uchun kamida 8 ta simvoldan iborat yangi parol kiriting (4-rasm).

Shu koʻrinishda parolni qayta tiklash mumkin.
Agar telefon raqam yoʻqolgan yoki oʻchib ketgan boʻlsa, raqam egasi shaxsiy pasporti bilan kompaniyaga borib raqamni tiklashi zarur.

Yuqoridagi imkoniyatlarni hech qaysisi boʻlmagan taqdirda info@dtm.uz pochtasiga ariza yozishga toʻgʻri keladi.

@Xushnudbek

Batafsil maʼlumot

https://t.me/bialogiyaaaa