Get Mystery Box with random crypto!

Zakovat intellektual o‘yinining Respublika bosqichi g‘oliblari | Besh tashabbus olimpiadasi 2024

Zakovat intellektual o‘yinining Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Kecha, 6-dekabr kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi o‘tkazildi. Butun O‘zbekiston bo‘ylab har bir mahalladan boshlab sektor, tuman (shahar) va hududlardan saralanib Respublika bosqichiga yetib kelgan 42 ta jamoa, 294 nafar ishtirokchi bosh sovrin uchun kurash olib bordilar.

Savol javoblar ostida kechgan keskin kurashlar natijasi esa quyidagicha:

Buxoro viloyati, Buxoro shahri “Axmad Donish ” mahallasi jamoasi 100 million so‘mni qo‘lga kiritdi;

Toshkent shahri, Olmazor tumani “Beruniy” mahallasi mahallasi jamoasi 60 million so‘mni qo‘lga kiritdi;

Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani “Sarvari” mahallasi jamoasi 40 million so‘mni qo‘lga kiritdi!

G'olib bo'lgan jamoa a'zolari bilan quyidagi havola orqali tanishing!

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi barcha g‘oliblarni samimiy tabriklab, kelgusidagi ishlarida omad zafarlar tilaydi!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube