Get Mystery Box with random crypto!

Stol tennisi musobaqasining Respublika bosqichi o'tkazilmoqda | Besh tashabbus olimpiadasi 2024

Stol tennisi musobaqasining Respublika bosqichi o'tkazilmoqda

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida kitobxonlik, madaniyat va san’at, intellektual o‘yinlar, axborot texnologiyalari, sport turlari bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi”ning “Mahalla – Sektor – Tuman – Viloyat bosqichlari barcha hududlarda tashkil etildi.

Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan bugundan boshlab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan sportning Stol tennisi musobaqasining Respublika bosqichi Namangan viloyatida o‘tkazilmoqda.

Barcha ishtirokchilarga omad yor bo'lsin

Telegram sahifamiz @beshtashabbus_uz