Get Mystery Box with random crypto!

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning Respublika final bosqichiga y | Besh tashabbus olimpiadasi 2024

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning Respublika final bosqichiga yo'llanma olgan yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi

Bugun Farg'ona viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Respublika final bosqichiga yo'llanma olgan yoshlar bilan viloyat hokimining uchrashuvi bo'lib o'tdi.

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumi doirasida o'tkazilayotgan sport musobaqalarida 313 nafar yoshlar, ulardan 8 nafar yoshlar parasport turlari bo'yicha Respublika bosqichida ishtirok etish yo'llamanmasini qo'lga kiritdilar.

Musobaqalarning final bosqichi oldidan o'tkazilgan uchrashuvda viloyat hokimi Xayrullo Bozarov ishtirokchilarga musobaqa oldidan samimiy tilaklarini bildirib, o'zining yuksak ishonchini bildirdi hamda ularga oldinda turgan bellashuvlarda munosib ishtirok etishlarida ulkan zafarlar tiladi.

Shuningdek, ushbu tadbirda yoshlarga musobaqa oldidan Respublika final bosqichi ishtirokchilariga sport formalari topshirilgani yoshlarni yanada ruhlantirdi.

Telegram sahifamiz @beshtashabbus_uz