Get Mystery Box with random crypto!

Besh tashabbus paralimpiadasi Xorazmda boshlandi Mahallalar | Besh tashabbus olimpiadasi 2024

Besh tashabbus paralimpiadasi Xorazmda boshlandi

Mahallalarda istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” doirasida tashkil etilgan stol tennisi va yengil atletika sport musobaqalari Urganch Olimpia va Paralimpia zaxiralari kollejida bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalarda 16-yoshdan 30-yoshgacha bo‘lgan 100 nafardan ortiq o‘g‘il-qizlar qizg‘in va murosasiz bahslar olib borishdi. Yakuniy natijalar bo‘yicha har bir sport yo‘nalishidan Respublika final bosqichiga 2 nafardan g‘oliblar yo‘llanma olishdi.

Ma’lumot oʻrnida, “Besh tashabbus paralimpiadasi” 5 ta sport turi bo'yicha 19-noyabrgacha davom etadi.

Telegram sahifamiz @beshtashabbus_uz