Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 17 noyabr kuni Toshkent shahrida vazirliklar, yu | Besh tashabbus olimpiadasi 2024

Joriy yilning 17 noyabr kuni Toshkent shahrida vazirliklar, yuqori turuvchi respublika tashkilotlari apparatlari xodimlari oʼrtasida «Hukumat kubogi» futbol musobaqasi oʼtkazildi. Unda 60 dan oshiq vazirliklar va tashkilotlar ishtirok etdi.

Musobaqa qizgʼin tarzda oʼtdi. Oʼyin davomida Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati xodimlaridan iborat futbol jamoasi Qishloq xo'jaligi vazirligi xodimlaridan tashkil topgan jamoaga qarshi maydonga tushishdi.

Quvonarli tomoni shundaki, murosasiz kechgan oʼyinda Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati jamoasi gʼoliblikni qoʼlga kiritdi.

Fursatdan foydalanib Agentlikning barcha xodimlari nomidan sportchilarimizni tabriklaymiz va kelgusida omadlar tilab qolamiz!

Telegram sahifamiz @beshtashabbus_uz