Get Mystery Box with random crypto!

'Besh tashabbus olimpiadasi'ning ikkinchi mavsumi davom etadi. | Besh tashabbus olimpiadasi 2024

"Besh tashabbus olimpiadasi"ning ikkinchi mavsumi davom etadi.

19-sentabr kuni respublikamizdagi barcha mahallalari bo'ylab street workout sport turi bo'yicha musobaqasining mahalla bosqichi bo'lib o'tadi.

Musobaqa Nizom qoidalari asosida 16-21, 22-26 va 27-30 yoshli erkaklar o'rtasida o'tkaziladi.

Musobaqa ikki yo'nalishda bo'ladi:

Birinchi yo'nalish: turnikda tortilish mashqini bajarish. Bu masqni bajarish uchun 30 soniya vaqt beriladi. Dam olish uchun 10 soniya vaqt ajratiladi.

Ikkinchi yo'nalish: brusda mashq bajarish. Bunda, ishirokchiga mashqni bajarish uchun 30 soniya vaqt beriladi.

Musobaqa yakkalik bahslardan iborat bo'ladi.

Musobaqani o'tkazish tartibi bo'yicha qo'llanma YouTube kanalimizda mavjud.

Eslatma: Musobaqada ishtirok etish uchun mahallangizdagi yoshlar yetakchisi bilan bog‘laning. Yoshlar yetakchisining aloqa ma’lumotlarini @Smartmahallabot telegram boti orqali bog'lanishingiz mumkin.

@beshtashabbus_uz