Get Mystery Box with random crypto!

Roman-german filologiyasi fakulteti - BESH MUHIM TASHABBUS

Telegram kanalining logotibi besh_tashabbusxt — Roman-german filologiyasi fakulteti - BESH MUHIM TASHABBUS R
Telegram kanalining logotibi besh_tashabbusxt — Roman-german filologiyasi fakulteti - BESH MUHIM TASHABBUS
Kanal manzili: @besh_tashabbusxt
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 322
Kanalning ta’rifi

Kanal Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 muhim tashabbusi ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan.
Murojaat: @Nurbek_SuyarovPhD

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-07-12 14:14:53 ​​#Qabul2022

Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi


Respublikadagi davlat oliy taʼlim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitishga nomzodlardan arizalar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining ikkinchitalim.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

Bunda nomzodlar platformada:
oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Arizalar 10-avgustga qadar qabul qilinadi.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
61 views11:14
Ochish/sharhlash
2022-07-11 10:20:32
Ёшлар — Янги Ўзбекистоннинг учинчи ренессанс пойдевори!

Каналга уланинг
https://t.me/qashqadaryo_trk
349 views07:20
Ochish/sharhlash
2022-07-10 12:04:40
Tohir Mahkamov - Erkak | Тохир Махкамов - Эркак
426 viewsedited  09:04
Ochish/sharhlash
2022-07-10 11:54:18
Oliy Liga-2022 yozgi mavsumining ilk o‘yini - Bobur Yoqubov jamoasi ishtirokidagi bahsning to'liq videosi YouTube'dagi rasmiy kanalimizga joylandi.

Tomosha qilish

@zakovat
99 views08:54
Ochish/sharhlash
2022-07-10 08:31:09 Abituriyentlar test sinovlariga quyidagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardan biri bilan kirishlari mumkin

— Biometrik pasport (yashil rangli);
— ID-karta;
— Xorijga chiqish pasporti (qizil rangli);
— Haydovchilik guvohnomasi (faqat yangi shakldagisi boʻlsagina);
— Harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnoma (harbiyda ishlamaydiganlar uchun oʻtmaydi).

Yuqoridagilar Oʻzbekiston

Respublikasi hududida shaxsni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar hisoblanadi va ularning istalgan biri bilan test sinovlariga kelishingiz mumkin. Faqat hujjat bilan birga abituriyent ruxsatnomasini ham olishni unutmang.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
93 views05:31
Ochish/sharhlash
2022-07-10 07:52:12
Табассум ҳаммасини ўзгартиради.
343 views04:52
Ochish/sharhlash
2022-07-09 11:06:47 NASHPANDOVA
SHAHRIZODA


QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!!!!!!!

385 views08:06
Ochish/sharhlash
2022-07-09 09:20:54 #Qabul_2022|#Magistratura

Magistraturaga qabul boshlandi

2022-yil 1-iyuldan respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni boshlandi.

2022/2023-oʻquv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklari hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin boʻladi.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
87 views06:20
Ochish/sharhlash
2022-07-09 05:40:12
Qurbon Hayiti muborak bo‘lsin!!!

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, musulmon xalqining eng ulug‘ ayyomlaridan bir bo‘lgan Qurbon Hayiti bayrami bilan barchangizni tabriklayman. Mana shunday muborak kunlarda, sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va albatta go‘zal tilaklaringiz ijobatini ko‘rishingizni tilayman. Bugun ota-onangizdan, jigarlaringizdan, yaqin birodarlaringizdan xabar oling, ularning diydoriga to‘ying. Hafalashib yurgan insonlaringiz bo‘lsa, ulug‘ ayyom kunlari yarashing, zero musulmon insonga gina qilib yurish yarashmaydi. Yana bir bora bayram muborak bo‘lsin!!!
Cheksiz hurmat bilan Azmiddin Mardayev!.....

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
91 views02:40
Ochish/sharhlash
2022-07-09 04:07:29 Islomiy bayramlar

Islomiy bayramlar islom dinidagi bayramlar (xursandchilik kunlari) boʻlib, ikkita asosiy bayramdan iborat — Iyd al-Fitr va Iyd al-Adha. Bayramlarning nishonlanishi xalqlar va madaniyatlarga qarab, shuningdek, Islom sektalari (Sunniylar va Shialar)ga koʻra turlicha boʻlishi mumkin. Musulmon bayramlari qamariy taqvimga asoslangan boʻlib, shamsiy taqvimga nisbatan har yili surilib boradi. Islom taqvimida 12 oy va 354-355 kun bor. Sunniy va Shia taqvimlari har doim ham bir-biriga muvofiq kelmaydi. Baʼzan ayni bayram shialarda nishonlanayotgan boʻlsa, sunniylarda u boshqa kuni, odatda ketma-ket nishonlanishi ham mumkin.
Iyd al-Fitr[tahrir]
Iyd (عيد) arabcha soʻz boʻlib, oʻzbek tilida "bayram", "hayit" degani va Fitr soʻzi esa roʻza tutish deganidir. Iyd al-Fitr (عيد الفطر) yoki roʻza hayiti Ramazon oyining tugashi bilan nishonlanadigan bayramdir. Ramazon oyida musulmonlar tong otgandan kun botguniga qadar roʻza tutadilar, yaʼni yeyish, ichishdan tiyiladilar. Roʻza hayiti Ramazon oyining oxirgi kuni kun botgandan soʻng boshlanadi. Ushbu bayram Oʻzbekistonda ham musulmonlar tomonidan keng nishonlanib, umumxalq bayrami sifatida dam olish kuni deb eʼlon qilingan
Iyd al-Adha
yd al-Adha (عيد الأضحى), yoki Qurbon hayiti, Iyd a-Fitrdan taxminan 70 kun keyin nishonlanadi. Ushbu bayram Ibrohim paygʻambarni sharafiga nishonlanadi. Ushbu bayram anʼanasiga koʻra qoʻy yoki mol soʻyilib, uning goʻshti oila, doʻstlar va muhtojlarga ulashiladi. Hayit, shuningdek, Makkaga hajj marosimini tugashiga toʻgʻri keladi. Qurbon hayiti ham ramazon hayiti singari Oʻzbekistonda umumxalq bayrami deb tan olingan va ushbu kun dam olish kunidir.
Hayit bayrami va unda ado etiladigan amallar Ikki hayit bayrami kunlari haqida hadisi sharifda bunday deyilgan:
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga keldilar. Ularning (Madinaliklarning) o‘ynab hordiq chiqaradigan ikki kunlari bor edi. U zot alayhissalom: “Bu ikki kun qanday kun”, dedilar. Madinaliklar: “Biz johiliyatda bu ikki kunda o‘ynab hordiq chiqarar edik”, deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta Alloh taolo sizlarni bu ikkisidan yaxshiroq kunlarga almashtirdi, iydul azho va iydul fitr”,dedilar”. (Imom Abu Dovud rivoyat qilgan).

Internet manbalaridan foydalanildi


Kanalga ulanish
@Besh_tashabbusXT
80 views01:07
Ochish/sharhlash