Get Mystery Box with random crypto!

Beruniy tumani adliya bo‘limi. Adliya yangiliklari

Telegram kanalining logotibi beruniytumanadliya — Beruniy tumani adliya bo‘limi. Adliya yangiliklari B
Telegram kanalining logotibi beruniytumanadliya — Beruniy tumani adliya bo‘limi. Adliya yangiliklari
Kanal manzili: @beruniytumanadliya
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 228
Kanalning ta’rifi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Beruniy tumani adliya bo‘limi
@beruniytumanadliya
@huquqiyaxborot
@huqiqiymalimleme
Savollar, huquqshunos maslahati uchun: www.advice.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-04 17:13:45
#Bilasizmi

Ma'muriy qamoqqa olish 3 sutkadan 15 sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun – 30 sutkagacha muddatga qo'llaniladi.

Ma'muriy qamoqqa olish jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig'i tomonidan belgilanadi.

Kanalga ulanish
@beruniytumanadliya
24 viewsSaltanat Raimbekova, 14:13
Ochish/sharhlash
2022-07-03 16:03:45
#Bilasizmi

Jamoat tartibiga tahdid soluvchi yolg‘on axborot tarqatish taqiqlanadi.

@beruniytumanadliya
39 viewsSaltanat Raimbekova, 13:03
Ochish/sharhlash
2022-07-03 15:50:22
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan, qirg'in solishga yoki fuqarolarni zo'rlik bilan ko'chirib yuborishga da'vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha (60 mln so'mdan 120 mln so'mgacha) miqdorda jarima;
3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Ushbu harakatlar oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan, shuningdek OAVdan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, Internetdan foydalanib sodir etilgan bo'lsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish
@beruniytumanadliya
38 viewsSaltanat Raimbekova, 12:50
Ochish/sharhlash
2022-07-02 17:16:23
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2022-yil 1-sentyabrgacha "tonirovka" qilingan transport egasi o'zgarganda, davlat raqami almashtirilganda yoki egasining ma'lumotlarida o'zgarish bo'lganda "tonirovka" uchun berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatini saqlab qolish tartibi ishlab chiqiladi.

Eslatib o'tamiz, 2022-yil 1-iyuldan yengil avtotransport vositalarining:

orqa yon oynalarini qoraytirish bepul amalga oshiriladi;

old yon oynalari tusini qoraytirishga ruxsatnoma berganlik uchun BHMning 8 baravari (2 mln 400 ming so'm) miqdorida to'lov undiriladi.

Ushbu davlat xizmati YIDXP orqali ko'rsatilganda to'lov miqdori 2 mln 160 ming so'mni tashkil etadi.

Kanalga ulanish
@beruniytumanadliya
52 viewsSaltanat Raimbekova, 14:16
Ochish/sharhlash
2022-07-02 17:11:41
#Bilasizmi

Qonunga muvofiq, Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.

O'zbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart.

Jinoyat kodeksiga asosan, O'zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat bayrog'i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha (7,5 mln so'mgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish
@beruniytumanadliya
47 viewsSaltanat Raimbekova, 14:11
Ochish/sharhlash
2022-07-01 15:41:21
#2022_yil_1_iyuldan

Avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish bepul bo'ladi. BATAFSIL

Ayrim shifokorlarga uy olish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi. BATAFSIL

“Xavfsiz yo'l” indeksi yuritiladi. BATAFSIL

Virusli gepatitga qarshi samarali choralar ko'riladi. BATAFSIL

Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga bir martalik subsidiya beriladi. BATAFSIL

Davlat muzeylari soat 22:00 gacha xizmat ko'rsatishi mumkin. BATAFSIL

“Tibbiyot brigadalari”ga 3 600 ta shtat beriladi. BATAFSIL

Parranda eksporti uchun subsidiya oshiriladi. BATAFSIL

Mahallalarda ijtimoiy xizmatlar kompleks yondashuv asosida ko'rsatiladi. BATAFSIL

Bo'sh turgan binolarga nisbatan yuqori soliq stavkasini belgilash bekor qilindi. BATAFSIL

“Oilaviy shifokor” yo'nalishi bo'yicha mustaqil faoliyat amalga oshirishga ruxsat beriladi. BATAFSIL

Kanalga ulanish
@beruniytumanadliya
71 viewsSaltanat Raimbekova, edited  12:41
Ochish/sharhlash
2022-06-30 16:55:46
#Adliya_tabrigi

Aziz yoshlar!

Sizlarni sevimli bayramingiz, azmu shijoat, go'zallik va kamolot ayyomi – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarning chuqur mushohadali, vaziyatni atroflicha tahlil qila oladigan, muammolarga qonun doirasida yechim topishga intiladigan keng fikrli insonlar bo'lib kamol topishingizda tilakdoshmiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz. Ezgu intilishlaringizni ro'yobga chiqarish yo'lida boshlagan har bir ishingizda ulkan zafarlar hamisha hamroh bo'lsin!

Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish
@beruniytumanadliya
66 viewsSaltanat Raimbekova, 13:55
Ochish/sharhlash
2022-06-29 12:54:09 #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Bo'sh turgan binolarga nisbatan yuqori soliq stavkasini belgilash bekor qilindi

“Soliq ma'muriyatchiligini isloh qilish davrida biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident farmoni (PF–162-son, 28.06.2022-y.) qabul qilindi

Farmonga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan bo'sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo'ljallanmagan inshootlar, tugallanmagan qurilish obyektlariga va ushbu obyektlar bilan band yerlarga mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo'llash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to'xtatish tartibi bekor qilindi.

2023-yil 1-martgacha:

hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida tovarlar (xizmatlar)ga muvofiq bo'lmagan identifikatsiya kodlarini aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima solinmaydi;

xo'jalik yurituvchi subyektlar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o'z ustav fondiga oid operatsiyalarni “E-aktiv” tizimida aks ettirish ixtiyoriy hisoblanadi.

2022-yil 1-iyuldan:

majburiy ravishda qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchisi deb e'tirof etiladigan tadbirkorlarga QQS bo'yicha guvohnoma avtomatik ravishda beriladi;

soliq xavfi yuqori bo'lgan soliq to'lovchilarning QQS bo'yicha guvohnomasining amal qilishi bu haqida soliq organlari tomonidan 5 ish kuni oldin xabarnoma yuborilgandan so'ng hamda mazkur muddatda kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda to'xtatib turiladi.

Kanalga ulanish
@beruniytumanadliya
82 viewsSaltanat Raimbekova, 09:54
Ochish/sharhlash
2022-06-29 10:18:09
2022-yil 1-iyuldan:

avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish to'lovlari bekor qilinadi;

old va orqa yon oynalarni to'liq qoraytirish to'lovlari 6 barobargacha arzonlashtiriladi;

ishlab chiqarilganiga 10 yildan ko'p bo'lmagan
yengil mashinalarni majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi bekor bo'ladi.

Shuningdek, 10 yildan 15 yilgacha bo'lgan yengil mashinalar – 2 yilda, 15 yildan ortiq bo'lganlari esa 1 yilda bir marta texnik ko'rikdan o'tkaziladi.

Kanalga ulanish
@beruniytumanadliya
81 viewsSaltanat Raimbekova, 07:18
Ochish/sharhlash
2022-06-29 10:16:51
#Konstitutsiyaviy_islohot

Referendum jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir.

Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo'ladi.

Referendum fuqarolarning o'z xohish-irodasini umumiy, teng va to'g'ridan-to'g'ri bildirishi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan o'tkaziladi.

Kanalga ulanish
@beruniytumanadliya
80 viewsSaltanat Raimbekova, 07:16
Ochish/sharhlash