Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Qonunchilikka ko'ra: favqulodda holat e'lon q | Beruniy tumani adliya bo‘limi. Adliya yangiliklari

#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra:

favqulodda holat e'lon qilingan joylarda mish-mishlar tarqatish;
huquq-tartibotni buzishga undovchi yoki milliy adovatni avj oldiruvchi boshqa harakatlar;
fuqarolar va mansabdor shaxslarning o'z qonuniy huquqlari va burchlarini amalga oshirishlariga faol to'sqinlik qilish;
ichki ishlar organlari xodimining, harbiy xizmatchi yoki jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarayotgan boshqa shaxslarning qonuniy farmoyishi yoki talabiga qasddan bo'ysunmaslik;
jamoat tartibini va fuqarolar osoyishtaligini buzadigan boshqa shunga o'xshash harakatlar yoki ma'muriy nazorat qoidalarini buzish BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1,5 mln so'mdan 3 mln so'mgacha) miqdorda jarima solishga yoki 30 sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish
@beruniytumanadliya