Get Mystery Box with random crypto!

Takbiri tashriq aytishni unutmang! Allohu akbar! Allohu akbar | 𝐁𝐞𝐧𝐢𝐦 𝐤𝐮𝐭𝐮𝐩𝐡𝐚𝐧𝐞𝐦|مكتبتي

Takbiri tashriq aytishni unutmang!

Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillaahil hamd.

Maʼnosi: Alloh buyukdir, Alloh buyukdir. Alloh taolodan oʻzga iloh yoʻqdir. Alloh buyukdir, Alloh buyukdir va hamd Alloh taolo uchundir.

Takbiri tashriq Arafa kuni ya'ni ertaga 8-iyul (Juma) kuni bomdod namozidan boshlab Hayitning toʻrtinchi kuni, yaʼni 12-iyul (seshanba) asr namoziga qadar aytiladi:

8-iyul – 5 mahal,
9-iyul – 5 mahal,
10-iyul – 5 mahal,
11-iyul – 5 mahal,
12-iyul – 3 mahal.

Jami 23 mahal namozda Takbiri tashriqni bir marotaba aytish vojib amal sanaladi.
Ayollar takbiri tashriqni maxfiy aytadilar.

Namozga kechikib qoʻshilgan kishi ham namozini toʻliq qilgandan keyin takbiri tashriqni aytadi.

islom.uz

@uzlatiy