Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT! TAʼMIRLASH ISHLARI TUFAYLI BEKOBOD TUMANIDA GAZ TAʼMIN | BEKOBOD OYBEK

DIQQAT! TAʼMIRLASH ISHLARI TUFAYLI BEKOBOD TUMANIDA GAZ TAʼMINOTI VAQTINCHA TOʻXTATILADI

Bekobod tumani "Qoraqoʻyli", "Savrak", "Birdamlik" va "Qolgansir" MFY larini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi yer osti yuqori bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish (avariya) holati aniqlanganligi sababli 2022-yil 28-iyun kuni soat 08:00 dan 18:00 ga qadar yuqorida koʻrsatilgan manzildagi 2120 ta aholi xonadonlarida va 12 ta tabiiy gaz ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati