Get Mystery Box with random crypto!

Dorini reklama qilib nima zaril? Oldinlari shu savol meni ja | Behzodbek Abdurasulov

Dorini reklama qilib nima zaril?

Oldinlari shu savol meni ja qiynamasdiyu, o'ylantirib qo'yardi. Balki siz ham shu haqda o'ylab ko'rgandirsiz, hayron bo'lgandirsiz.

To'g'risiyam-da! "Oshqozonim chatoq, duxtir, Mezim yozib bering" - demaysiz-ku! Baribir duxtir yozib berganini olasiz. Eslik odamlar reklamaning emas, balki doktorning aytganini qilsa, TVda ko'rgan dorisini darrov aptekadan olavermasa - nima uchun dori ishlab chiqaruvchilar bunchalik reklamaga ko'p e'tibor berisharkin?

Shu savolga javob topgandekman:
Dori reklama qilishdan maqsad - odamlarni kasal ekanligiga ishontirish.

Masalan, kechasi tualetga ko'p qatnagan odamlarning ko'pchiligi buni oddiy holdek qabul qiladi - ha bir siygim qistadi-da, deydi. Doktorga bormaydi. Yoki asabi chatoqlar ham o'zining holatini tabiiydek qabul qiladi - bu dunyoda asabi buzilmagan kim bor axir..
Ammo shu odamlar reklamada yangrayotgan gaplarni eshitsa, ozmi-ko'pmi tashvishga tushadi. TVda aytilyapti: "Kechasi ko'p bezovta bo'lasizmi? Balki sizda prostata bezining adenomasi bordir. Unda sizga .... yordam beradi!".

Bunaqa reklamani ko'rgan eslik odam bir kun vaqt topib duxtirga boradi. Duxtir esa tekshirib, agar rostanam shunaqa kasal bo'lsa, dori yozib beradi. Yozib bergan dorisi esa ,ajabmas,reklamadagi doriga to'g'ri kelib qolsa...

Xullas, dori reklamasidan topgan mantig'im shu. Boshqa sabablari ham bordir balki...


@Behzodbek_Abdurasulov