Get Mystery Box with random crypto!

*** Ash-Shafidan salom keltirgan, ey dard, Sindirmoqchi bo’l | Begoyim Varisova

***

Ash-Shafidan salom keltirgan, ey dard,
Sindirmoqchi bo’lding tanam – qafasni.
Men sahnaga qaytdim – yashamoq–san’at,
Unutgandek edim hayot – nafasni.

Rejissor rol berar qayta va qayta,
Qanday ijro etmoq o’zimga bog’liq.
Men sahnaga qaytdim – bir so’zni ayta:
Go’zal iqrorlarni tug’adi og’riq!

Mehrinoz

@begoyim_varisova