Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz qoʻshinlariga qarshi jangda yaralangan qayligʻining qur | Bᴇɢɪᴍᴏғғ's ʙʟᴏɢ

Ingliz qoʻshinlariga qarshi jangda yaralangan qayligʻining quroli bilan oʻt ochayotgan ayolning 1972-yildagi Irlandiyada olingan surati. Ayol yarador qayligʻini mashinada xavfsiz joyga olib borgach, ingliz askarlari bilan oxirigacha jang qiladi va oʻldiriladi. Inglizlar qoʻmondoni askarlarining yolgʻiz bir ayol bilan urushganliklarini bilgach, askarlarga ayolga teginmaslik haqqida buyruq, irlandlarga esa uni hurmat bilan koʻmishiga ruhsat beradi. Qoʻmondonning uyatdan titragan lablaridan oʻsha payt shu soʻzlar toʻkiladi: “Biz bizni parvoyiga ham ilmagan bir qirolicha uchun janga kirdik. Bu ayol esa oʻz sevgilisi uchun oʻlimning koʻziga tik boqib oxirigacha urushdi”.
Irlandiya matbuoti mazkur suratni mamlakatdagi anʼanaviy Ayollar bayrami uchun chiqarilgan jurnal muqovasiga oldi va surat tagiga quyidagicha yozdi:
“Kunlardan bir kun, irodali bir ayolni sevib qolgudek boʻlsang, aslo choʻchima. Chunki, vaqti kelganda u sening yagona armiyang boʻlishi mumkin”.

Efemerida