Get Mystery Box with random crypto!

Kechagi tarixiy gʻalaba haqida hamma yozdi. Haqiqatdan ham, ha | Sardor Bazarbaev

Kechagi tarixiy gʻalaba haqida hamma yozdi. Haqiqatdan ham, har kim yozsa arziydigan yutuq.

Yana bir bor vatanimizning mard oʻgʻlonlarining gʻalabasi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Nodirbek Yakubboyev futbolda bizning KHISO jamoamizdan, yaqinda u va Nilufar opasining shaxmat maktabini ochishni reja qilgandik.

Kechagi gʻalabadan ilhomlanib, yangi kitobimiz uchun tuzilayotgan testlardan birini shaxmatga oid qilib, masala qahramonlarini ham oʻzimizning qahramonlarni ismi bilan nomladik!

Siz ham yechib ko‘ring:

Nodirbek
va Javohir shaxmat o‘ynashni boshlashdi. Bir muddatdan keyin Nodirbek 1 fil, qolgani piyodadan iborat bo‘lgan butun toshlarining 25 %ini, Javohir esa 2 fil, 1 ruh va qolgani piyodadan iborat bo‘lgan butun toshlarining 50 % ini yo‘qotdi.

Shunga ko‘ra Nodirbekning qolgan piyodalari soni Javohirning qolgan piyodalari sonidan qanchaga ko‘p?