Get Mystery Box with random crypto!

#mu627 #summercamp_2022 1-6 avgust kunlari Innovatsiya vazirl | Sardor Bazarbaev

#mu627
#summercamp_2022

1-6 avgust kunlari Innovatsiya vazirligi - Мининновации, Innovatsiyalar Milliy ofisi, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti, A.Avloniy nomidagi ITI va Khwarizmi International School of Olympiads hamkorligida “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining final bosqichi yozgi maktab shaklida tashkil etildi.

“Yozni ilm bilan, innovatsiya bilan oʻtkazing” shiori ostida oʻtkazilgan yozgi maktabga 35 nafar Tojikistonlik oʻquvchilar va 5 nafar oʻqituvchilar ham qatnashganini alohida e’tirof etishimiz kerak.

Olimpiadaning final bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi 6-avgust kuni INNO texnoparkida bo’lib o’tdi. Taqdirlash marosimida yuqori o’rinlarni egallagan ishtirokchilarga qimmatbaho esdalik sovg’alari va sertifikatlar topshirildi.