Get Mystery Box with random crypto!

Mendan bir xil payt soʻrashadi, iqtisodiyotni tushunish uchun | Sardor Bazarbaev

Mendan bir xil payt soʻrashadi, iqtisodiyotni tushunish uchun qaysi kitobni oʻqish kerak deb, shu roʻyxatga kiradigan kitoblardan biri, “Common Sense Economics” Oʻzbek tiliga tarjima qilindi!

Oʻzbekchada kitobni nomi “Mantiqiy Iqtisodiyot — shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari”. Kitob juda sodda tilda yozilgan. Kitobni yozgan odamlarda maqsad, hech qachon iqtisodiyotni oʻqimagan odamlar uchun ham qiziq boʻlishi kerak edi. Bu narsani ular uddasidan chiqishgan. Kitob birdek, sanʼatkor va muhandisga, tilshunos yoki sportchiga qiziq boʻladi. Hamma oʻzi uchun yangilik oʻrganadi. Yana bir yaxshi tarafi, agar iqtisodchi boʻlsangiz ham, kitobni oʻqishni tavsiya qilar edim, chunki bir xil narsalarni zoʻr tushuntirishgan, qiziq boʻlishi tabiiy.

Xullas kitobni bu havola orqali tekinga yuklab oling. Kitob hozircha faqat elektron shaklda mavjud. Lekin yaqinda chop etish rejasi ham bor ekan.

https://www.econfun.org/uz/downloads/

Bu shunchalar zoʻr kitobki, uni qancha koʻp odam oʻqisa — shunchalik yaxshi. Iltimos bu kitob bilan ulashing. Har bir doʻstingiz yoki yaqiningiz, nima bilan shugʻullanishlaridan qatʼiy nazar, aminmanki kitobni yoqtirishadi. Qancha koʻp odam oʻqisa, shunchalik yaxshi boʻlar edi.

Birinchi bobidan bir parcha o’qib ko’ring, hech bo’lmasa.