Get Mystery Box with random crypto!

​​​​#Eslatma! #Tashriq_takbirlari. Arafa kuni bomdod namozid | Bayyina books📚

​​​​#Eslatma!
#Tashriq_takbirlari.

Arafa kuni bomdod namozidan boshlab hayitning to‘rtinchi kuni asr namozigacha (asr namozi ham kiradi) har bir o‘qilgan farz namozidan so‘ng takbir tashriqlarini aytish har bir musulmonga vojibdir.

Bunda jamoatga qatnashmagan, jamoatda namoz o‘qigan, muqim, musofir, erkak yoki ayol bo‘lishning ahamiyati yo‘q.

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro‘zasi o‘zidan avvalgi bir yil va o‘zidan keyingi bir yilning gunohlariga kafforat bo‘lishini Allohdan umid qilaman”, - dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Boshqa hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro‘zasi ikki yilga kafforatdir: undan oldingi va undan keyingi yilga”, - deganlar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
– Har qanday tahlil aytuvchiga bashorat bor. Har bir takbir aytuvchiga bashorat bor.
– Yo Rasullulloh, jannatmi? – deyishdi.
– Ha, – deya javob qildilar.

(Turli yo‘llar bilan rivoyat qilingan hasan hadis).

Tashriq takbirlari quyidagicha aytiladi:

"الله اكبر، الله اكبر، لا إله إلا الله والله اكبر الله اكبر ولله الحمد"

“Allohu akbar, Allohu akbar, laa ilaaha illallohu Vallohu akbar, Allohu akbar! Va lillahil hamd!”

Tarjimasi: “Alloh buyukdir, Alloh buyukdir, Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir. Alloh buyukdir, Alloh buyukdir, barcha maqtovlar U Zotga xosdir!”

Agar o‘sha namozlar qazo qilinsa, uning qazosini tashriq kunlaridan boshqa vaqtlarda o‘qilsa ham, ortidan takbir aytiladi.

Ertaga, 8- iyul, Jum‘a kuni zulhijja oyining 9-kuni, Arafa kuni hisoblanadi.

@bayyina_books