Get Mystery Box with random crypto!

Arab tilidagi يّ/ ـيَّة qo'shimchasi haqida Bir so'zda '...li | Bayna Yadayk | Arab tili

Arab tilidagi يّ/ ـيَّة qo'shimchasi haqida

Bir so'zda "...lik" ma'nosini ifodalash uchun kalima so'ngiga nisbat yosi bo'lmish يّ tashdidli yoni muannaslar uchun esa bunga yana ـيَّة toi marbutani ham ziyoda qilamiz.

Misol:
مِصْر + يّ = مِصْرِيّ - (erkak) Misrlik
مِصْر + ـيَّة = مِصْرِيَّة - Misrlik (ayol)

Yuqoridagilarni ko'pchilik biladi, lekin ba'zi so'zlarga qo'shilgandagi o'zgarishlar haqida aniq ma'lumotga ega emaslar, quyida sizlarga qaysi so'zga nisbat yosi qo'shilsa qanday o'zgarish bo'lishi haqida ma'lumot beramiz.

1. Oxiri alif bilan yakunlangan so'zlarda alifi tushiriladi:
أَمْرِيكَا + يّ = أَمْرِيكِيّ - Amerikalik

2. Toi marbutasi bor so'zlarda toi marbutasi tushiriladi:
مَكَّة + يّ = مَكِّيّ - Makkalik

3. Ba'zi davlat nomlaridagi ستان ham tushiriladi:
أُزْبِكِسْتَان + يّ = أُزْبِكِيّ - O'zbekistonlik

Eslatma: ushbu nisbat yosi faqatgina "...lik" ma'nosini emas, balki o'rniga ko'ra millat, oid, mansub ma'nolarini ham anglatib keladi.

Muslim Toshqandiy

Arab tilim - biz bilan arab tilini boshqachasiga o‘rganing!