Get Mystery Box with random crypto!

Depressiya nima oʻzi? 3 yil boʻldi, batamom kar boʻlib qoldim | Baxtli maktab

Depressiya nima oʻzi?

3 yil boʻldi, batamom kar boʻlib qoldim. Xayotim qiyin kechayapti… Charchadim… Kuchim qolmadi… Faqat yigʻlayman…Yashagim kelmayapti…

Bolaligimda bogʻchaga borish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazishganda, eshitishimda nuqson borligini aniqlashgan. Ota-onam tuman kasalxonasiga olib borishgan, poytaxtga kelish muammo edi. Shunga qaramay, ota-onam va akam meni qoʻllaridan kelguncha davolatishdi.

Maktabda 1-sinfga bordim, oʻqituvchim menga eʼtiborsiz boʻlgan. 2-sinfda boshqa oʻqituvchi kelgan (Alloh joylarni jannatda qilsin) va menga mexr berib, alohida dars oʻtgan. Jon kuydirib dars oʻtardilar, “menga qara, koʻzlarimga va lablarimga qara. Koʻp kitob oʻqisang, onging oʻsadi”, derdi raxmatlik. Men oʻsha oʻqituvchim tufayli labdan oʻqishni oʻrgandim. 14 yoshimda dadam tuman LOR vrachiga olib bordi va oʻsha vrach meni 1-bor 14 yoshimda barglar shitirlashi, qushlar sayrashini eshitishimga sababchi boʻlgan. Ota-onamning ovozi, choyning vaqur-vuqur qaynashini eshitishdan boshim koʻkka yetgudek xursand edim. Maktabni bitirdim, tibbiyot bilim yurtiga kirdim. Ammo u yerda farmakologiyadan bilim yurt direktori dars oʻtar va xammani oldida meni “Sen kar, odamlarni qanday davolamoqchisan, bu yerda oʻqimaysan” deya xammaning oldida izza qilardi. Onam men uchun kurashdilar, “agar yana qizimni xaqorat qilsang, seni sudga beraman” deya ogoxlantirdilar. Meni esa bu orada oʻqishdan koʻnglim qolib ketdi. Darsga bormasdan, kvartirada yigʻlab yotardim, ammo darslarni mustaqil oʻqib bordim. Men diplom oldim, medregistrator boʻlib ishga kirdim. Oyligim yoʻlkiram va tushligimdan ortmasdi. Orada yana davolanishim kerak boʻlardi. Xullas, nogironlikka chiqdim. Xozirda 2-gurux nogironiman, qulogʻimdan juda koʻp marta operatsiya boʻlganman.

Xayotda sevib-sevilib yashagim keladi, ota-onam meni uzatishmaydi, oʻzimiz qaraymiz deyishadi. Lekin men ayolmanku, oila qurgim, yashagim keladi. Kar odam emasmi? Karni sevishga, sevilishga xaqqi yoʻqmi? Kar xam xoxlaydi-ku, baxtli boʻlishni…Bu xayot shavqatsiz… Faqat kinolarda kar, koʻr, choʻloklarni baxtli boʻlganini koʻrdim…Kimdir panohiga olishini, mexrni kutib yashashdan charchadim…Doim yigʻlayman…Kayfiyatim yoʻq…Biron ish qilishga sabab yoʻq…Hech narsaga qiziqmay qoʻydim…Oʻzimni yaxshi koʻrmayman…Yashagim kelmayapti…Charchadim…Oʻlishni istayman…

Depressiya nima? U qanday kasallik? Simptomlari qanday?

Depressiya – bu sindrom, u turli kasalliklar tarkibida uchrashi mumkin. Uning ogʻirlik darajasiga qarab, psixiatr, psixoterapevt DAVOLAYDI, psixolog emas!!!

Sindromning simptomlari quyidagilar:

kayfiyat tushkunligi

fikrlashning sekinlashishi

xarakatning sekinlashishi

qiziqishlar va qoniqish xissining yoʻqolishi

uyqu buzilishlari

stimullarning pasayishi

Depressiv sindrom turli ruxiy kasallikning tarkibida uchrashi mumkin. Psixogen depressiya, endogen depressiya, nevrotik depressiya va x.k. turlari bor.

Davomiyligiga qarab, kechishi aniqlanadi. Bemor bilan toʻliq suhbat qurilgach (anamnez), depressiv xolatning kelib chiqish sababi, vaqti, davomiyligi va x.k.larni aniqlab, tashhis qoʻyiladi. Davolash ambulator va statsionar sharoitda olib boriladi. Suitsidal fikrlarning borligi statsionarda davolanishga koʻrsatma boʻlib hisoblanadi.

Kasallik ogʻirligi aniqlangach, davolash taktikasi belgilanadi. Xolatning yengil-ogʻirligiga qarab, davolash medikamentoz psixoterapevtik boʻladi. Psixiatr, psixoterapevt davolaydi.

Kanalimizga ulanish:
https://t.me/maktab_psixologidan