Get Mystery Box with random crypto!

#shaxsiy_qarash #motivatsiya Hayotda yashar ekansiz, oʻzingiz | 🐻🐼...𝑯𝒂𝒍𝒊 𝒃𝒂𝒙𝒕𝒍𝒊 𝒃𝒐'𝒍𝒂𝒎𝒊𝒛 𝑰𝒏 𝑺𝑯𝒂𝒂 𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉...🐼🐻

#shaxsiy_qarash
#motivatsiya

Hayotda yashar ekansiz, oʻzingizdan koʻra koʻproq natijalarga erishgan va sizga nisbatan yutuqlari kamroq boʻlgan insonlarga koʻzingiz tushadi. Ayni shu vaziyatda siz hech narsaga befarq boʻlmang. Sizga nisbatan erishgan yutuqlari kam boʻlgan insonlarga emas, aksincha sizdan koʻra koʻproq, yaxshiroq natijalarga erishgan insonlarga qarab harakat qiling. Yaʼni siz ulardan ham yaxshiroq natijaga erishishga, buyuk kelajak yaratishga shoshiling. Oʻzingizga "nega men bunday natijaga erisha olmadim?" qabilidagi savolni bering. Soʻng aniq maqsadni rejalashtirib "Men Xudo xohlasa bundanda, bulardandanda yaxshiroq natijalarga erishaman" deya maqsadingizga erishish uchun harakatni oʻsha daqiqani oʻzidayoq boshlang. Ertani kutmang, har kunning ertasi bor. Kamroq uxlang, siz uxlayotgan payt kelajagi uchun tinimsiz harakat qilayotganlar talaygina. Berilgan imkoniyatlardan samarali foydalaning. Vaqtingizni toʻgʻri taqsimlang va keraksiz narsalarga sarflamang. Qiyinchilikka uchrasangiz ham yoʻlingizda davom eting. Har bir toʻsiqlar ortida ulkan muvaffaqiyat bor. Oʻzingizga boʻlgan ishonchingizni yoʻqotmang. Bir narsa aniq, bizga yaxshi yoki yomon hayot berilmagan, bizga hayot berilgan. Uni yaxshi yoki yomon oʻtkazish oʻzimizga bogʻliq. Demak, shuni unutmagan holda aniq maqsadlaringiz sari olgʻa qadam tashlang va doim harakatda boʻling!


@Baxtli_kunlarimiz_oldinda