Get Mystery Box with random crypto!

Odamlarga ne bo‘ldi, qaygadir shoshgan, Nafratin sachratib, da | 🐻🐼...𝑯𝒂𝒍𝒊 𝒃𝒂𝒙𝒕𝒍𝒊 𝒃𝒐'𝒍𝒂𝒎𝒊𝒛 𝑰𝒏 𝑺𝑯𝒂𝒂 𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉...🐼🐻

Odamlarga ne bo‘ldi, qaygadir shoshgan,
Nafratin sachratib, daryodek toshgan.
Ho‘p desang tepkilar, xaddidan oshgan,
Odamlar o‘zgargan, zamon joyida.

Qo'rqmasdan yolg'ondan tuzgan kasbini,
Hozirin o‘ylashar, o‘ylar nafsini.
Tortinmay ojizdan olar qasdini,
Zamon o‘zgarmagan zamon joyida.

Uyalmay qilarlar yorga xiyonat,
Nahot odamlarda qolmagan diyonat.
Javob bermoqlik bor yaqin Qiyomat,
Zamon yomon dema, zamon joyida!

@Baxtli_kunlarimiz_oldinda