Get Mystery Box with random crypto!

Bu kitobda bir qancha ziyoli insonlar xizmati bilan ta'lim tiz | Baxtiyorovna_Dildora

Bu kitobda bir qancha ziyoli insonlar xizmati bilan ta'lim tizimini o'zgartirish orqali bir millatning uyg'onishi va hozirgi taraqqiyotga erishishi jonli tasvirlab berilgan.

Bu kitob haqida bir ikkita fikrlar eshittim, faqat Finlandiya, Finlandiya maqtalgan, biz Finlandiyada emasmiz. Biz O'zbekistondamiz, O'zbekiston tengdur O'zbekistonga va h.k.

Lekin men bu fikrlarga qo'shilmayman. Biz o'zgarishni o'zimizdan boshlashimiz kerak. Ha, aynan o'zimizdan chunki tizimni o'zgarishi yoki kimdir bizga qilib berib qo'yishini kutish bu...

Meni soham pedagog bo'lganligi uchun erta bir kun nasib qilsa maktab(universitet)da dars beraman va o'quvchilarimga shunchaki yuzaki emas, chin dildan sifatli ta'lim-tarbiya beradigan bo'lsam, to'g'ri bu kichik auditoriya bo'ladi lekin kichik ishlar ham bir kun samarasini ko'rsatadi.

P.S: Bu kitobni o'qishimga sababchi bo'lgan insondan juda ham minnatdorman. Alloh o'zi rozi bo'lsin.