Get Mystery Box with random crypto!

Baʼzi qo‘shiqlar bor, kim ekkanligingizni anglatib turadi. S | Baxt sahifasi🕊 «rasmiy»

Baʼzi qo‘shiqlar bor, kim ekkanligingizni anglatib turadi.

Shunday qo‘shiqlar eshitsam yoki kitoblar o‘qisam o‘zimni kim ekkanligimni anglayman va qayerga ketayotganimni bir tahlil qilib olaman.

Bu qo‘shiqdan ota-onamga qilgan noto‘g‘ri munosabatlarimni eslab o‘zimdan qattiq afsuslandim.

Lekin ota-onam mani nima bo‘lgan taqdirda ham qo‘llab quvvatlashadi. Ularni xafa qilganimdan keyin mani kechirilar deb o‘zlariga aytishga ichimda qandaydir marazlik yo‘l qo‘ymaydi. Sizlarni sog‘indim, sizlarni yaxshi ko‘raman deb bemalol aytolmayman.

Hozir ular ham shu kanalda, shu postni o‘qishayotgan bo'lsalar...

Dadajon, Onajon. Sizlarni oldin bilib-bilmay ko‘ngillarni og‘ritgan bo‘lsam mani kechirilar. Bizlar uchun opam-singlim uchun, bizlarni kelajagimiz uchun qancha mehnat qilib o‘zilar nonsiz qolgan kunilarda ham bizlarni o‘qishimizni, tarbiyamizni o‘ylab har-qanday holatda ham mehnatdan to‘xtamay harakat qilganilar uchun katta rahmat. O‘la-o‘lguncha sizlarni xizmatilarda bo‘lishni Alloh nasib qisin.Hozirgi kungacha boshimizdan nimalar o‘tganini Alloh, sizlar, men, va opa-singillarim bilishadi xolos. Hamma qilayotgan harakatim sizlarni roziligilar uchun. Man sizlarni juda yaxshi ko‘raman faqat buni sizlarga bemalol aytolmayman.