Get Mystery Box with random crypto!

#Eslatmaaa #OTA_ONALAR_UCHUN Qurbonlik qanday paydo boʻl | BAXT NURLARI 🌔

#Eslatmaaa

#OTA_ONALAR_UCHUN


Qurbonlik qanday paydo boʻlgan?!

Siz ota-ona sifatida qurbonlik kunini bolangizga faqat "Maza qilib goʻsht yeyish kuni" sifatida tanishtirmasdan, asli bu bayram qanday kelib chiqqanini tushuntirsangiz bu ham din yo‘lidagi bir chiroyli amal hisoblanadi.

Xoʻsh, bu bayram qayerda va qachon paydo boʻlgan?


Qurbonlik hijratning ikkinchi yili Madinada amal qilina boshlangan vojib amaldir. Islom dinida uning paydo boʻlishi Ibrohim alayhissalom va oʻgʻli Ismoil alayhissalomga borib taqaladi.

Bir kuni Ibrohim alayhissalkm tushlarida oʻgʻillari Ismoilni qurbonlik keltirayotganlarini koʻradilar, bu — ilohiy vahiy boʻladi.

Ibrohim alayhissalom uygʻonib, buni oʻgʻillariga aytib beradilar. Oʻgʻillari Ismoil alayhissalom ham bu tush bekorga emasligini, Allohning sinovi ekanligini anglab oʻzlari qurbon boʻlishlariga rozi boʻladilar.
Shunda ota oʻgʻlini qurbonlik qilishga tayyorlayotganda Alloh ularning bunday taslimiyati uchun bir qoʻy yuboradi va Ismoil alayhissalomning oʻrniga qoʻyni qurbonlik qilishini buyuradi. Ana oʻshandan beri qurbonlik qilish islom dinida mavjud sanaladi.


Bu haqida batafsil Qur'oni karimning "As-soffat" surasi, 102-111-oyatlarida aytib oʻtilgan!


Qurbonlik qilgan birodarlarimizga qurbonliklari Robbimning dargohida xusni maqbul bo‘lsin deymiz!


@BAXT_NURLARI