Get Mystery Box with random crypto!

#OFFTOP So’nggi kunlarda “FUTBOL TV” telekanalining qaytishi h | FCB.uz (Rasmiy kanal)

#OFFTOP
So’nggi kunlarda “FUTBOL TV” telekanalining qaytishi haqida juda ko’p xabarlar tarqala boshladi! Unda aytilishicha, biz sog’ingan ushbu kanal 13-maydan test rejimida yana qayta faoliyatini boshlar ekan!

Ammo… Avvallari “UzReport TV” telekompaniyasiga tegishli bo’lgan ushbu “FUTBOL TV” telekanali bosh redaktori Oybek Ortiqov o’z ijtimoiy tarmog’ida bu kanalning bizga aloqasi yo’q deya ta’kidladi.

Va biz bu borada bir necha sharxlovchi va mutaxassislar bilan gaplashib ko’rdik. Vaholangki, ular ham bu xabarni ijtimoiy tarmoqlardan eshitishgan va boshqa hechnarsadan xabari yo’q.

Telekanal ochish oson ish emas, biz o’zimizning YouTube platformamizning o’sha 5 dona videosi uchun juda katta mablag’ ketkazgan edik, ammo hozir bir katta respublika miqyosidagi telekanal haqida gaplashyapmiz! Telekanal ochishdan tashqari, o’yinlarni to’g’ridan to’g’ri translyatsiya qilish uchun maxsus texnikalar ham, o’sha translyatsiya huquqlari ham juda juda daxshatli narxga aylanib ketadi. Bundan tashqari, adashmasam “FUTBOL TV” nomi allaqachon patentlab bo’lingan bo’lishi kerak. Menimcha o’sha aytilayotgan kanal yoki online platforma bo’ladi, yoki bilmadim. Kuzatamiz. 13-mayni kutamiz va o’shanda hammasi ayon bo’ladi!

Prezident farmoniga binoan ochilishi kerak bo’lgan telekanalga kelsak, prezidentning farmoniga ko’ra ochilsa, MTRK ochishi kerak, chunki MTRK davlatga qarashli. Bu kanal esa nodavlat bo’lishi aytilgan!