Xavining 'Betis' bilan o'yin oldidan matbuot anjumani Xavi: | FCB.uz | EURO | Copa America
Xavining "Betis" bilan o'yin oldidan matbuot anjumani
Xavi: “Barcha o'yinchilar qaytishdi va tayyor. Bizni qiyin raqib kutib turibdi. "Betis" ajoyib jamoa, texnik jihatdan eng yaxshilaridan biri. Isko, Ajose, Borxa... To'pga egalik qilish - asosiy nuqtalardan biri. Uyda uchta o'yinimiz bor va bizga muxlislar kerak".
Shartnoma uzaytirish
Xavi: “Men bu haqida Deco, prezident va Mateu bilan gaplashganman. Murabbiy jamoa bilan ishlashi kerak. Gap uzoq shartnomalar emas, muvaffaqiyat, unvonlar haqida ketmoqda. Men hech qachon klub uchun muammo bo'lmayman. Bizda ajoyib jamoa bor. Mening shartnomam uzaytirilishi shubhasiz tez orada e'lon qilinadi."