Get Mystery Box with random crypto!

Felixning 'Atletiko'dagi holati? Xavi: 'Atletiko'da nimala | FCB.uz | EURO | Copa America

Felixning "Atletiko"dagi holati?

Xavi: "Atletiko"da nimalar bo'layotgani haqida hech qanday ma'lumotga ega emasman va o'z fikrimni bildirish menga qiziq emas. Bu yerda biz unga barcha mehrimizni beramiz. U ajoyib qobiliyatga ega va biz bundan juda mamnunmiz. U bizga ko‘p narsa berishiga ishonamiz”.

Bernardo Silva?

Xavi: “Bernardo bizning futbolchilarimizdan emas. Nega men u haqida gapirishim kerak?


Cancelo asosiy o'yinchi bo'ladimi?

Xavi: “Hamma o'ynaydi. Bizda 20 nafar futbolchi
bor. Cancelo ko'p qirrali futbolchi, u turli pozisiyalarda o'ynay oladi. Uning asosiy pozitsiyasi o'ng qanotda. U bizga ko‘p yordam bera oladi”.

Sport bo'limidagi vaziyat?

Xavi: “Mateu va Jordi yaxshi do'stlar va ajoyib ish qilishdi. Deco ajoyib ish qiladi. Men Mateu va Jordining qilgan ishlariga rahmat deb qolaman ”.

Kounde?

Xavi: " U mavsumni juda yaxshi boshladi. Uning jamoada borligi menga xotirjamlik beradi
. Dunyoda undan yaxshiroq o'yinchilar kam".

Matbuot anjumani tugadi.