2020-10-31 16:30:43
MAKTUBLARChol sandiqqa kalit solarkan, menga qarab iljaydi.
- Yozaman desang naq bitta roman boʻladi.
Sandiq maktubga toʻla edi.
- Hammasi sizga kelganmi? Voy-bu, muncha koʻp?
- Yoʻgʻ-a! Barchasini men qizning nomiga yozganman, oʻgʻlim.
Toʻrt-beshtasini ochib oʻqidim.
- Siz roman deysiz, qisqa hikoyagayam mavzu yoʻq-ku. Hayronman, qizning qoʻlida boʻlishi kerak boʻlgan maktublarning hammasi nega sizda?
- Joʻnatmaganman.
- Nimaga?
- U akamga turmushga chiqqan.
Shoniyoz Meliboyev@Balkimmm
87 viewsedited 13:30