Get Mystery Box with random crypto!

Odatda bu mavzuda she'rlar tashlamayman, ammo bu Usmon Azim! N | ♡︎

Odatda bu mavzuda she'rlar tashlamayman, ammo bu Usmon Azim! Nihoyatda go‘zal she'r..


Men seni har kuni ko‘rgim keladi,
Ko‘rmagan kunlarim o‘lgim keladi.
Hasratning beeshik dunyosi aro,
Sensiz bu ro‘zg‘orim bo‘larkan qaro
Abad qarolig‘da so‘ngim keladi.

Men seni har kuni ko‘rgim keladi:
Kutaman — tushimmas, o‘ngim keladi.
Manim jim nidomga etmasdan karam,
Hatto so‘z aytmasdan o‘tib ketsang ham —
Shu so‘zsiz nidoga ko‘ngim keladi.

Men seni har kuni ko‘rgim keladi,
Sen kelsang, vujudga ko‘ngil keladi.
Tosh taqdir yumshaydi — eriydi qorday,
Go‘yo hayot borday, tiriklik borday
Ruhga avval yog‘du, so‘ng gul keladi.

Men seni har kuni ko‘rgim keladi.
Ko‘zingga tikilib turgim keladi...
Sendan so‘ramayman mangu hamrohlik,
Yoningda — o, mudom qalbingga bog‘liq! —
Bor-yo‘g‘i bir umr yurgim keladi…

Usmon Azim