Get Mystery Box with random crypto!

Kelinglar ertak aytaman. Bitta davlat bor ekan: - Inomarkalar | Balkim tagdir rek

Kelinglar ertak aytaman.
Bitta davlat bor ekan:

- Inomarkalari bor ekan;
- Benzin arzongina ekan;
- Rastamojka yo’q ekan;
- Oyliklardan ortgan pulga chet elda sayohat qilib kelsa bo’lar ekan;
- Ish vaqtlari 7 soat, haftada 5 kun ekan;
- Bolalar bog’chalarida kartoshka-piyoz, go’sht makaronlar bog’cha egasini va bog’cha opalarni uyiga tashib ketilmas ekan;
- Maktablarda mehnat malim fizra o’tmas ekan, adabiyot malimni to’yi chiqib qolib, o’rniga kimyo malim darsga kirmas ekan;
- Hamma yoq asfalt ham emas, bruschatka va g’ishtdan terilgan yo’llar ekan;
- Daraxtlar kesilmas ekan;
- Hamma talaba darsga kirar ekan;
- Hech qaysi domla harom pul yemas ekan;
- Kasalxonalar tekinga davolar ekan;
- Svet va gaz hamma uyda bor ekan;
- Hajga borish arzon ekan;
- Futbol halol o’ynalar ek…

Bo’ldi a?

Tugadi deb o’ylaganmidinglar?
Davomi ham bor. O’sha ertakdagi davlatda:

- Xalq to’y qilsa nikohga masjiddan domlani chaqirar ekan va shariatga amal qilib ertalab nikoh paytida kuyov muloyimgina bo’lib, chopon-do’ppi kiyar ekan, kelin o’ranib chirmanib o’tirar ekan, domla aytgan gaplarni eshitib, hop deb, duolarni qilar ekanda, halol nikoh o’qitishar ekan.

Keyin nikoh o’qigan domlani rozi qilib, domla ketgandan keyin kelin-kuyov ustidagi o’zbekcha do’ppi-chopon, lattalarni otvorar ekanda, kayf qilib fotosessiya qilar ekan, keyin aroqlar bilan to’la stol-stul bezatilgan koshona to’yxonaga kirib borar ekanlaaar.
Anaaa. Mantiq onasinikiga kirib kettiii…

Ertalab nikohda shariatga amal, halol nikoh, kechki bazmda hammani ichir. Harom harish to’y.

Ana endi uxlanglar.
Bu shaxsiy fikrlarim.

P.S. Avval to’g’ri yasha, keyin biletni narxidan noli.