Get Mystery Box with random crypto!

Diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish to‘x | Bilimni baholash agentligi

Diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish to‘xtatiladi

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur xizmat doirasida talabgorlarning bilimi sinovdan o‘tkazilmoqda va ular test materiallari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqdalar.

Bilimni baholash agentligi ish faoliyatidan kelib chiqqan holda diagnostik test xizmati to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.

Bunda diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish (https://my.uzbmb.uz/service/10 sayti orqali) 19-may kuni to‘xtatiladi.
Qabul qilingan buyurtmalar 24-maygacha yetkaziladi. Buyurtmalar bo‘yicha talabgorlarning javoblar varaqalari 31-maygacha qabul qilinadi va 4-iyungacha natijasi ma’lum qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube