Get Mystery Box with random crypto!

Xorijiy aloqalar kengaytirilmoqda Ma'lumki, joriy yil fevra | Bilimni baholash agentligi

Xorijiy aloqalar kengaytirilmoqda

Ma'lumki, joriy yil fevral oyida Bilimni baholash agentligi delegatsiyasi Angliya, Fransiya davlatlariga amaliy tashrifi davomida “Oxford University Press” tashkilotida ham bo‘lib, o‘zaro hamkorlik qilishga kelishilgan edi. Ushbu hamkorlikni davom ettirish maqsadida 13-14-may kunlari “Oxford University Press” tashkiloti delegatsiyasi Bilimni baholash agentligiga tashrif buyurdi.

Tashrifning dastlabki kunida delegatsiya vakillari Agentlikning Namangan viloyatida qurib foydalanishga topshirilgan test sinovlari o‘tkaziladigan binosida bo‘lib, u yerda talabgorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Tashrifning ikkinchi kunida ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, “Oxford test of English” testini Agentlik bilan hamkorlikda respublikaning barcha hududlarida tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Bilimni baholash agentligi hamda “Oxford University Press” tashkiloti o‘rtasida baholash sohasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yuzasidan Memorandum imzolandi.


Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube