Get Mystery Box with random crypto!

Balog’at va oqillik - Farz, vojib, sunnat amallarini qilish v | " Аълам" жоме масжиди.

Balog’at va oqillik

- Farz, vojib, sunnat amallarini qilish va harom, makruh, mustakrah amallarini qilmaslik kimlarga buyurilgan?
- Balog’at yoshiga yetgan va aqlini tanigan kishilarga.
- Balog’at yoshidagilar kimlardir?

- Kamolotga yetgan kishilardir. Go’daklar balog’at yoshida emaslar.

- Kimlarni oqil desa bo’ladi?

- Aqlli kishilarni. Aqli zaif odamlar oqillar hisobiga kirmaydi.

- Go’daklar va devonalar farzu vojib amallarni ado qilmasalar yoki harom amallardan saqlanishga qodir bo’lmasalar gunohkor bo’ladilarmi?
- Gunohkor bo’lmaydilar. Chunki ular uzrlidirlar.
- Necha yoshlarida balog’atga yetadilar?

- O’g’il bolalar erkaklik alomati bilinganida. Ya’ni, o’n ikki yoshlarida. Qizlarda qizlik alomati zohir bo’lganida. Ya’ni, to’qqiz yoshlarida.
- Mazkur yoshlarda ul alomatlar zohir bo’lmasa, necha yoshda balog’atga yetgan hisoblanadi?

- O’n besh yoshlarda. Bolig’ va oqil bo’lgandan so’ng har bir kishiga umri oxirigacha shariat buyurgan har bir amalni qilish va man etilganini qilmaslik lozim bo’ladi.

Afala taʼqilun

Manba: Ibodati islomiya

@bahodirjon_domla_86

@Alam_jome_masjid_bot