Get Mystery Box with random crypto!

#Jarayon Prezidentimizning 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston | BAGDOD LIVE

#Jarayon

Prezidentimizning 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4354-son qarori bilan Farg‘ona viloyatining 18 ta tuman (shahar)larida axborot- kutubxona markazlari tashkil etilgan.

Faoliyat yuritayotgan kutubxonalarimizning binolari va moddiy texnika bazalari hammasi ham maqtagudek emas.

Suratlarda ko‘rib turganingiz Bag‘dod tuman axborot-kutubxona markazining hozirgi va kelajakdagi loyihasi. Qurilishi boshlanganiga bu yil 4 yil bo‘ldi.

Bugundan quruvchilar ish boshlaganliklarini eshitib umid chiroqlari yondi. Baxayr bo‘lsin.

Zamonaviy kutubxona ko‘plab millat ziyolilariga xizmat qilishiga ishonamiz. Axir yangi O‘zbekistonga “yangi kutubxona”lar yarashadi!

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Husniyaxon Shermatova

@BAGDOD_LIVE