Get Mystery Box with random crypto!

Bismillahir rohmanir rohim! Ey, allohim! Avvalo bizning kamta | BADIIY ASARLAR|AFROSIYOB

Bismillahir rohmanir rohim!
Ey, allohim! Avvalo bizning kamtargina o‘rgangan ilmimizdan o‘zing rozi bo‘lgin!
Bizni ilm o‘rgana oladigan qilganing uchun o‘zingga behisob shukrlar bo‘lsin!
O‘zing aytgansan, ilm o‘rgangan aslo xor bo‘lmaydi deb. Bizni do‘st dushmanga xor qilib qo‘ymagin.
Sening himmatingdan so‘raydigan biz uchun katta, sen uchun kichkina niyatlarimiz bor. Shu niyatlarimizni amalga oshirishda o‘zing madadkor bo‘lgin!
Bilib bilmay qilgan gunohlarimiz uchun bizni imtihoningda jazolamagin!
Ozmi ko‘pmi imkonimiz boricha ilm o‘rganishga harakat qildik, shu ilmimizni qalbimizga jo qilgin! O‘rgangan ilmimizni ikki dunyomiz uchun manfaatli qilgin! Foydasiz ilmdan o‘zing asragin! Faqat foydali ilmlarni bizga yuqtirgin! Ilm talabidagi shogirdlarimning maqsadlariga o‘zing yetishtirgin. Ular mendan o‘rganadigan ilmlarini o‘rganib bo‘lishdi, endi kattaroq dargohlarda ilmlarini yetuk qilishsin. Bu uchun ularni imtihonda o‘zing qo‘llagin, allohim. Imtihonda ko‘zlarini ravshan qilgin, qalblarini ilm nuri bilan to‘ldirgin, shayton vasvasasidan o‘zing asragin. Imtihondan keyin, domlajon, grantga kirdik!!! deya ko‘zlarida quvonch bilan aytishlarini nasib qilgin. O‘zing guvohsan, issiqni issiq, sovuqni sovuq demasdan ilm o‘rgandik. Kechani kecha, kunduzni kunduz demadik. Shunda ham sen rozi bo‘lmasang, biz sening oldingda ojizmiz. O‘zing bizdan rozi bo‘lgin, ota-onalarimizning bizdan umidlari katta, ularni ham umidlarini so‘ndirmagin, allohim. Farzandlarining rohatlarini ko‘rishsin. Axir ular biz uchun o‘zlarining bor narsalarini qurbon qilishdi. Imtihonlarda yuzimizni yorug‘ qilgin. Men barcha shogirdlarimdan, ularga ozgina bergan ilmimdan roziman, sen ham bizdan rozi bo‘lgin!

@Ziyodullo_Polvonov