Get Mystery Box with random crypto!

#YODLAB_OLING 'Ulug'bek xazinasi' romanidan .Mavlono Muhi | BADIIY ASARLAR|AFROSIYOB

#YODLAB_OLING
"Ulug'bek xazinasi" romanidan

.Mavlono Muhiddin oʻz qizini kimga nikohlab beradi?
Javob:amir Ibrohimbek tarxonning kenja oʻgʻliga
.Mirzo Ulugʻbek Abdullatifga qarshi qoʻshin tortib ketganida,Abdulaziz kimni qatl ettiradi?
Javob:Ibrohimbekning oʻgʻli
.Kimning husnixati xina qoʻyilgan barmoqlariday nozik va goʻzal edi?
Javob: Xurshidabonu
.Yigirma chogʻlik talabalar bir mullavachani dafn etgani borishganda,shayx Nizomiddin Xomush ularni asosini havoda silkitib haydagani qaysi asarda keltirilgan?
Javob:"Ulugʻbek xazinasi"
.Sirli nimqorongʻi xonada,tprdagi quyma tilladan yasalgan naqshinkor taxtda bir paytlar kim oʻtirgan?
Javob:Amir Temur
.Maxfiy xonadagi sandiqdagi boyliklar Amir Temur kimni tor-mor etganda qoʻlga kiritilgan?
Javob:Boyazid
.Ugʻugʻbek Ali Qushchiga tillalarni tangaga alishtirmoqchi boʻlsa kimda murojaat qilishni aytadi?
Javob:Xoʻja Salohiddin zargar
.Ulugʻbekning suyukli navkari?
Javob:Bobo Husayn Bahodir
.Bobo Husayn Keshdan qanday xabar olib keladi?
Javob:Kesh dorugʻasi Amir Kamoliddin qal'a kalitini Abdulatifga topshirgani
.Cherik yigʻish fikri kimdan chiqadi?
Javob:Bobo Husayn
.Amir Temur qaysi oʻgʻliga:Amirlarni sodiq boʻlsin desang,qilichingni ilgingda mahkam ushla"-,degan
Javob: Shohruh Mirzo (Hirotda)
.Al qasosil minalhaq.Ushbu soʻz kimning tilidan aytiladi?
Javob:Mirzo Ulugʻbek
.Ugʻugʻbekning fikricha,qayerga boʻlgan shafqatsiz yurish uchun Haq taolo uni oʻz mehridan mosuvo qildi?
Javob:Xuroson
.Ulugʻbekka kim uning sarkardalari Hirotdagi qishloqlarnigina emas,hatto yoʻqsillar va gadolar xonaqolarini ham talon-taroj qilganliklarini aytib,temuriylar Ollohning qahriga duchor boʻlishini aytadi?
Javob:Hirotlik telba darvesh
.Kimning kirdikorlari sabab Hirot saroyida nizo-nifoq avj oldi?
Javob:Gavharshod begim
.Uzun boʻyli,koʻk koʻylak kiyib,boshiga roʻmol oʻragan,qoʻlidan tasbehi tushmaydigan,xushsurat xotin boʻlsa ham,farishtasi yoʻq obraz?
Javob:Gavharshod begim
.Gavharshod qachondan boshlab koʻk ipak kuladi bilan koʻk roʻmolini tashlamas,goʻyo sohibqiron uchun to oʻlgunicha motam tutar?
Javob:Amir Temur vafotidan soʻng
.Qayer fisq-u fujur uyasiga aylanadi?
Javob:Hirot
.Gavharshod kimlar bir-biriga qayrab qoʻyadi?
Javob:Alouddavla va Abdulatif
.Gavharshod kimga "shohi Sharif"(Buzuq shoir) deb nom toʻqidi?
Javob:Ulugʻbek

BOSHQALARGA HAM ULASHING!

@BADIIY ASARLAR

Eng sara kanallarimizga a'zo bo'ling!

Ona tili | Badiiy | Quiz | Motivatsiya