Get Mystery Box with random crypto!

BILL GEYTSNING QIZI KAMBAGʻAL INSONGA TURMUSHGA CHIQMAYDI! Bi | Aziz's Blog

BILL GEYTSNING QIZI KAMBAGʻAL INSONGA TURMUSHGA CHIQMAYDI!

Bill Geytsdan qizini kambagʻal odamga tushmushga berish-bermasligini soʻrashganda shunday javob beradi:
— Siz, avvalo, boylik bu koʻp pul joylashtirilgan bank hisob raqami emasligini tushunib olishingiz lozim. Boylik — bu eng avvalo, boylik yaratish mahoratidir. Masalan: lotoreya va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarda, hatto, yuz million yutib olgan odam bu boy emas, u koʻp pulga ega boʻlgan kambagʻaldir. Mana nima uchun lotoreya yutugʻi tufayli millionerga aylangan insonlarning 90 %i besh yil oʻtmasdan turib yana qashshoqqa aylanadilar.

Boy insonlar kambagʻal insonlardan nima jihati bilan farq qiladi?
• Boylar yuksaklikka parvoz etishlari uchun ularga faqatgina ma’lumot va ta’lim kerakligiga amindirlar.
• Kambagʻallar esa yuksaklikka parvoz etishlari uchun boshqalar ularga pul berishlari kerak deb oʻylaydilar.

Soʻzim soʻngida Men qizim kambagʻal erkakka turmushga chiqmaydi, deganimda pulni nazarda tutgan emasman. Men aslida bu insonning pulni yaratish mahorati, qobiliyati haqida gapirmoqdaman. Koʻpgina jinoyatchilar kambagʻal ekanligi bu fakt. Ular pulni koʻrganlarida es-hushlarini yoʻqotadilar. Oʻzlari bu pulni qanday ishlab topishni bilmaganliklari uchun oʻgʻrilik va bosqinchilik qiladilar.

Kunlarning birida bank qorovuli pul solingan sumkani topib oladi va sumkani olib, bank boshqaruvchisiga berib yuboradi. Insonlar bu bank qorovulini jinni, axmoqqa chiqarishadi, ammo aslida u pulga ega boʻlmagan boy inson edi. Bir yildan soʻng bank ma’muriyati uni mijozlarni qabul qiluvchi resepshn lavozimiga tavsiya qilishadi. Uch yildan soʻng u mijozlarni boshqara boshlaydi, oʻn yildan soʻng esa yuqoridagi bankning hududiy filialini boshqara boshlaydi. Endi u yuzlab xodimlarni boshqarmoqda va uning yillik maoshi u oʻgʻirlashi mumkin boʻlgan mablagʻdan bir necha barobar koʻproqdir.

Boylik bu — birinchi navbatda qalb holatidir!

t.me/azizs_blog