Get Mystery Box with random crypto!

Aziz Rahimov

Telegram kanalining logotibi azizrakhimov_blog — Aziz Rahimov A
Telegram kanalining logotibi azizrakhimov_blog — Aziz Rahimov
Kanal manzili: @azizrakhimov_blog
Toifalar: Bloglar , Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.58K
Kanalning ta’rifi

Bog’lanish uchun: @Azizrahimov
Reklama olmaymiz.

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 19

2021-02-14 05:40:37 Ichki xotirjamlik

Ey mashhurlik va boylik xohlaydigan qadrdonim, Allohdan so'rab 5-6 yil harakat qilsang, o'z ustingda ishlasang, balki bularga tezda erisharsan. Lekin erishib bo'lgach qarasang bu aslida sen xohlagan narsa bo'lib chiqmaydi. Sen aslida ichki xotirjamlik qidirayotganding. Salomat qalb qidirayotganding.

Atrofdagi turli biznes koachlar va trenerlar, senga nimadur sotishga urinayotgan kompaniyalar, hammasi muvaffaqiyat boylikda deb uqtirishga harakat qiladi. Yo'q. Muvaffaqiyat ichki xotirjamlikda. Har qanday o'ziga to'q tanishingni oldiga borib berib aniqlashtirib olishing mumkin.

Ichki xotirjamlikka qanday erishiladi?

O'z nazaringni harakatga qarat - natijaga emas. Harakatlaringni o'zing to'liq boshqara olasan. demak ularni maksimallashtir. Natija esa Allohdan.

Ichki xotirjamlik - sen qo'lingdan keladigan darajada maksimal harakat qilish demakdir. Natija muhim emas. Senga to'liq bog'liq ham emas u chunki. Muhimi sen boringcha harakat qilding. Shuni bilasan va xotirjam bo'lasan.

Bor diqqatingni shunga qarat. Natija yaxshi bo'ldi-mi? Bunga shunchaki bonus deb qara.

@azizrakhimov_blog
1.5K views02:40
Ochish/sharhlash
2021-02-12 16:30:20 “O’tgan umrim emas, kelajak umrim uvol bo’lmasin deb qadam tashlaganman” – tibbiyot oliygohini bitirib, ta’lim sohasida ishlovchi tadbirkor bilan suhbat

Ayrim yoshlarda oʻqishni tamomlab, diplom olganliklaridan soʻng, “kerakli xodim boʻla oldim”, degan notoʻgʻri tushuncha mavjud. Yana baʼzilar esa, oʻz tanlagan sohalari ular uchun emasligini anglab yetishadi. Oʻz mehnati va shijoati bilan maqsadlariga erishib kelayotgan, muvaffaqiyat egalari bilan ochiq suhbatlar tashkil qilayotgan eksklyuziv koʻrsatuv — “Osmondagi bolalar” loyihasining navbatdagi mehmoni, “Merit” xususiy maktabi hamda oʻquv markazi asoschilaridan biri, tadbirkor – Aziz Rahimov.

Loyiha mehmoni ham tibbiyot sohasida tahsil olgan boʻlsada, taʼlim sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan insonlardan biri sifatida oʻzining yoshlar uchun asqatuvchi tavsiyalari bilan boʻlishganligiga koʻrsatuvni koʻrish davomida guvoh boʻlishingiz mumkin.

Videoni toʻliq koʻrib, Aziz Rahimov tomonidan maxsus sovgʻaga ega boʻlish imkonini boy bermang.

Suhbat premyerasi bugun soat 19:30 da boʻlib oʻtadi.

Video linki:

3.9K views13:30
Ochish/sharhlash
2021-02-12 05:38:27 ​​Xohishlar
Sen ularga keraklicha e'tibor bermayapsan

Insonlar biror nimani qilishga juda ko'p vaqt sarflashadi. Lekin aslida nima qilish kerakligini o'ylashga, o'z xohishlarini aniqlab olishga ko'proq vaqt sarflash kerak.

Mana misol uchun sen, qachon oxirgi marta smartfoningni bir chetga qo'yib, nima qilayotganing, qilishing kerakligi, nimalarni xohlayotganing haqida o'ylading?

3-4 daqiqa hisob emas, chunki eng zo'r va chuqur fikrlar 1 soat yolg'izlikda o'tirgandan so'ng keladi.

Afsuski hozirgi chalg'ituvchi zamonda, ko'pchiligimizda birinchi chalg'ituvdan to ikkinchisigachan o'ylashga imkon bor xolos. Har kuni o'tirib 30 daqiqa o'zimiz bilan suhbat qurolmaymiz.

Hayotdagi eng muhim xohishlaringni aniqlab olmas ekansan, muammolar kelib chiqaveradi. Chunki senda o'nlab xohishlar bor, hammasini qilging keladi. Qaysi biri eng muhimligini bilmaysan xatto. Balki bir nechtasi aniq tiniq ham emasdir.

Demak yechim:
1. Har kuni o'zimiz uchun 30 daqiqa o'ylashga vaqt ajratamiz. \
2. Bu vaqt davomida hamma xohishlarimizni ko'rib chiqamiz.
3. Asosiy qismi bir tiyinga qimmat xohishlar ekanligini tushunib yetamiz.
4. Hayotdagi asosiy maqsadimiz/xohishimizni topamiz.
5. Shunga erishgan odamni topib uni kuzatishni/eshitishni boshlaymiz.
6. Profit
4.4K viewsedited  02:38
Ochish/sharhlash
2021-02-10 08:36:10 ​​Tadbirkor qanday bilimlarni egallashi kerak?

O'z sohasidagi tajriba, marketing, xodimlarni boshqarish bu hammasi ikkilamchi, ya'ni biznes boshlab bo'lgach kerak bo'lgan bilimlar.

Lekin ba'zi fundamental bilimlar borki ularni o'rganmasdan biznesda yuqori natijalarga erishish mushkul.

Bular mikroiqtisodiyot va o'yinlar nazariyasi. Ya'ni sen talab va taklif, ishchi kuchi, kapital, shunga o'xshash nazariy bilimlarni egallagningdan so'ng tadbirkorlik qilsang, qilayotgan ishlaring ongli ravishda bo'ladi.

P.S.
Bularni o'rganmay turib ham tadbirkorlik qilsa bo'ladimi? Ha bo'ladi, o'zi 90% tadbirkorlar shunday. Atrofga qaraydi, yonidagi insonlar nima biznes qilayotgan bo'lsa shuni qiladi. Sen bunday qilishdan aqlliroqsan-ku to'g'rimi?


Reklama link

Rus tilini bepul va mukammal o'rganmoqchimisz? @Akademiya_ru kanalida har oy 1 haftadan bepul marafonlar, videodarslar olib boriladi!
5.1K views05:36
Ochish/sharhlash
2021-02-08 13:39:52 ​​Ajoyib taklif

Merit school jamoasi kengaymoqda. Maktabimiz yangi filialida 5-6 sinflar ochilayotgani munosabati bilan bizga kuchli matematika, fizika, IT o'qituvchilari kerak (Agar hammasi birda bo'lsa yana yaxshi!)

O'qituvchidan talablar (aynan shu ketma-ketlikda):

-Doimo o'sib o'rganishga tayyor bo'lishlik
-Tajriba (kamida 1 yil)
-Bolalarni chin yurakdan sevish
-Farosat (biron narsani aytilmasa ham tushunib olish qobiliyati)
-Kasbining ustasi bo'lishga tuganmas xohish
-Diplom (agar bo'lsa)

Xo'sh yuqoridagi talablarga mos kelsam sharoitlar qanday bo'ladi?
-Agar siz yuqoridagi hamma shartlarga mos kelsangiz, siz istagan oylikni to'lashga tayyormiz.

Qiziqqanlar bo'lsa so'rovnomani to'ldirishni so'rayman:

https://forms.gle/LoyURD3mUHZDEhWp9
7.3K viewsedited  10:39
Ochish/sharhlash
2021-02-07 17:22:30 Qoidalar

Hayotda 3 turdagi qoidalar bo'ladi. Shariat tomonidan belgilab berilgan, qonun tomonidan o'rnatilgan va odamlar o'zlari uchun o'ylab topgan qoidalar.

Aynan shu uchinchi turdagi qoidalar meni hayotimni osonlashtirish emas qiyinlashtirish uchun xizmat qilayotganini sezsam, ularga bezlarcha amal qilmayman.

Shunday qoidalarga ba'zi misollar:

-Kostyum shim bilan krossovka kiyib bo'lmaydi

-Omma oldida gapirganda, intervyu berganda yoki ishxonada oq ko'ylak kiyish kerak

-Ayollarga faqat uy bekasi bo'lish yarashadi

-Odamlar seni hurmat qilishlari uchun qimmatroq telefon tutishing, yaxshiroq mashina minishing kerak

-Soat chap qo'lga taqiladi.

-Erkak kishi uylangandan keyin o'zgarmasligi kerak

Shu va shunga o'xshash, yuzlab qoidalar.

Bularni hammasi, kim o'ylab topgani noma'lum, hayotni qiyinlashtiruvchi, bemalol tupursa bo'ladigan qoidalar. Men shunday qilaman. Senga ham maslahatim shu. Shariat va qonun doirasidan chiqmasang bo'ldi, xohlagan ishingni qilaver.

@azizrakhimov_blog
6.8K viewsedited  14:22
Ochish/sharhlash
2021-02-03 07:46:22 ​​Xususiy maktablar

Merit jamoasi xususiy maktab sektoriga kirganiga bir qancha sabablar bor. Bugun shu haqida gaplashamiz.

1. O'zbekistonda hozirgi kunda 174 ta xususiy maktab bor. Bu kammi yoki ko'p? Solishtirish uchun: aholisi bizdan 2,5 barobar ko'p bo'lgan Turkiyada 50 000 ta xususiy maktab bor. O'zbekistonda xususiy maktablarda 110 000 ta bola o'qiydi. Hayot darajasi biznikidan biroz yuqori bo'lgan Misrda esa 2 000 000 ta. Amerikadagi barcha maktablarning 45% i xususiy. Ya'ni bozor hali keng.

2. Bu biznesda hamma yutadi.
Ota-ona: Bolasi uchun sifatli ta'lim va boshqa to'garaklarga ehtiyojning yo'qligi (til va sport)
O'qituvchilar: Davlat maktablaridan 30-40% yuqori maosh, 5 kunlik ish, o'z ustida ishlashga majburlik
O'quvchilar: Qiziqarliroq darslar va yoshlikdagi umrning bekorga sarflanmasligi
Davlat: Xalq ta'limi har bir maktab o'quvchisi uchun yiliga 1 800 000 so'm sarflaydi. (Fevraldan 2 000 000). Bola xususiy maktabda o'qisa bu pul sarflanmaydi.

3. Xususiy maktab o'z ustida ishlashga majbur.
Chunki bu bir martalik savdo emas, mijozlarimiz bir necha yillab biz bilan hamkorlik qilishadi. Farzandlari kelajagini bizga ishonib topshirishadi. O'z ustida ishlamagan maktabdan o'quvchilar ketishni boshlashadi.

Lekin bu sohada ham muammolar bor.

1. Sifatli ta'lim hali ham qimmat, chunki xususiy ta'lim bizda konveyrga qo'yilmagan (maktablar 1-2 dona filial bilan cheklanishadi) va juda kam avtomatlashgan (ko'p ishlar qo'lda bajariladi).

2. Kadrlar yetishmasligi. (Bitiruvchilar juda ko'p, lekin o'qituvchi juda bilimli bo'lishi va o'z xarizmasi, energiyasi bilan shu bilimni yetkaza oladigan ham bo'lishi kerak).

Biz shu ikki muammoni hal qilmoqchimiz.

Maqsadimiz barcha takrorlanuvchi jarayonlari avtomatlashgan, o'z kadrlarini o'zi trening qiladigan, yuzlab xususiy maktablar ochish. Bundan maqsad esa narxni hamma ko'tara oladigan darajada arzon qilish. (~ 100$ atrofida)

Agar sizni ham maqsadingiz shunchaki pul topib, yaxshi yashash emas, o'zingizdan so'ng biron nima qoldirish bo'lsa, hamkorlikka chaqiramiz.

@azizrakhimov_blog
8.6K views04:46
Ochish/sharhlash
2021-02-02 08:48:41 ​​Bu o'yin qanday tugaydi?

Tasavvur qil men 100$ lik kupyurani auksionga qo'ymoqchiman. Narx 1$ dollardan boshlanadi.

Odatdagi auksion kabi eng baland narx bergan odam pulni oladi, faqat yana bitta sharti bor: sen ham taklif qilgan pulingni yutsang, yutmasang to'lashing kerak. Kelishdik-mi? Boshladik.

1$, 2$, 3$, takliflar narxi osha boshladi. 3$ga 100$ yutib olish imkoni! Zo'rku. Lekin hech kim to'xtash haqida o'ylamaydi, narx oshib boradi.

Taklif 99$ gacha yetib borsa ham o'yin to'xtamaydi. Chunki 98$ qilib turgan odam ichida o'ylaydi: "agar hozir 100$ taklif qilmasam tikkan pulimni yo'qotaman" va narxni 100$ ga olib chiqadi.

Endi 99$ taklif qilgan odam narxni 101$ ga olib chiqadi. Axir 99$ zarar qilgandan ko'ra, 2$ zarar qilgan yengilroq, narigi odam taslim bo'lsa bo'ldi. Endi foyda haqida gap yo'q.

Muammoning negizi - bu o'yin haqida oldindan chuqur o'ylab olmaslikda edi.

O'yin boshlanganda chuqur o'ylamay "-bo'laveradi, zo'r taklif" deb fikrlaysan, lekin sekin asta xatoni tushunib yetib "-Nima qilib qo'ydim?" deyishga o'tasan.

Hayotda juda ko'p insonlar yomon vaziyatlarga shunday qilib tushib qolishadi. Yosh xodim/tadbirkor hozir va kelajakdagi daromadini hisobga olmay, ishi uchun kredit yoki uyi uchun ipoteka oladi. Romantik yigit chiroyli, lekin qadriyatlari to'g'ri kelmaydigan qizga sevib uylanib oladi. Biroz o'tib esa ular qarzga botib ketganliklari va oilada baxtsizlikdan nolishadi.

Biror narsani boshlashdan avval, bu qanday tugashi mumkinligi haqida ham o'ylab ko'r. Oxirigacha. Ba'zida eng yaxshi qaror - umuman boshlamaslik qarori bo'ladi.
7.4K views05:48
Ochish/sharhlash
2021-02-01 08:47:44 ​​Men undan yaxshiroqman.

Sen o'z ustida ishlaydigan va doimo o'rganishdan qochmaydigan insonsan. Demak hali hayotingda shunday vaziyatlar bo'ladiki, atrofingdagi odamlar sen oddiy deb o'ylagan narsalarni tushunmaydigan, haqiqiy muvaffaqiyat va baxt nimada ekanligi bilmaydigan bo'lib ko'rinadi.

Ichingda ularni fikrlashi, hayot tarzi va qilayotgan ishlarini tanqid qilishni boshlaysan, seni darajang yuqoriroq ekanligi haqida o'ylaysan. Bu fikrlar o'zingga ham yoqmaydi aslida.

Atrofdagi insonlar haqida tanqidiy o'ylamoqchi ekansan, to'xta, shunchaki hayotda hamma ham sen ega bo'lgan imkoniyatlarga ega bo'lmaganini eslab ko'r (qo'llab quvvatlovchi ota-ona, moliyaviy kenglik, aqlli do'stlar, tug'ilgan joying).

Shunda ularni tushunishing osonlashadi. Tanqid qilging emas, yordam berging, bilganingni ulashging keladi.

Unutma, haqiqiy o'sish - boshqalarni o'stirishdan boshlanadi.

@azizrakhimov_blog
7.4K views05:47
Ochish/sharhlash
2021-01-31 10:56:35 Kambag'al va baxtsiz bo'lish uchun maslahatlar

Internet boy va omadli bo'lish haqidagi maslahatlarga to'lib yotibdi. Aslida muvaffaqiyatli va boy bo'lishning yo'llari juda juda ko'p. Lekin muvaffaqiyatsizlik formulasi oddiy:

Ishingni qo'l uchida bajar. Avval seni qadringga yetib, oyligingni oshirishsin, keyin chin dildan ishlashni boshlaysan.

Pul topishning ilm, hunar, biznes yo'lini emas, iloji boricha tezroq amalga oshadigan yo'llarini izla: onlayn-qimor, piramida, kriptovalyuta, tarmoqli marketing va hk.

Kitob o'qima. Bu botaniklar uchun. Sen shundoq ham hamma narsani bilasan.

O'zingdan aqlliroq, tajribasi balandroqlar bilan emas, yoshlikdagi jo'ralaring bilan o'rtoq bo'lib qolaver. Chunki birinchilar senga mikrofonni berishmaydi hali beri. Ikkinchilar bilan esa hamma gaping mos tushadi.

O'zingni doimo atrofdagilar bilan solishtir. Ulardan yaxshiroq yashayotganingni isbotlash uchun boringni sarfla. Axir "muvaffaqiyatli" ko'rinishni eplay olsang, rostdan ham erishishni nima keragi bor?

Foydali bloglarni o'qima, menikini ham. Uning o'rniga birovlarning qilgan sayohati, mingan mashinasi, qurgan imoratlarini tomosha qil va muhokamasiga o't.

P.S.
Yuqoridagi maslahatlarni bajarib turib ham ba'zilar boyib ketishlari mumkin, chunki rizq Allohdan, lekin baxtimiz o'z qo'limizda do'stim.

@azizrakhimov_blog
7.5K viewsedited  07:56
Ochish/sharhlash