Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlarni qo’llab-quvvatlash” telegram kanalida e’lon qilinga | U.Azizov_Innovatsion Ta’lim

“Yoshlarni qo’llab-quvvatlash” telegram kanalida e’lon qilingan postga ko’zim tushdi.

Tajribamdan kelib chiqib shuni ayta olamanki, muammo maqola e’lon qilmoqchi bo’lganlarning soxta jurnallar haqidagi ma’lumotga ega yoki ega bo’lmaganligida emas, balki tanqidiy maqola yoza olmaganliklaridadir. Soxta jurnallarda maqola chiqarish pullik hisoblanib, o’zini hurmat qiladigan (Scopus bazasiga kiradigan) jurnallar avtorlardan pul olmaydi va odatda ushbu jurnallarda tanqidiy maqola chiqarish uchun 3-4 yil kerak bo’ladi. Ammo nachora, universitetlar oliy ta’limda har yili e’lon qilinadigan milliy reytingda yaxshiroq o’rinlarni egallashga intilishlari sababli (chiqarilgan maqolalar soni reyting talablaridan biri) son jihatidan tezroq maqolalar chiqarish asosiy maqsad bo’lib qolaveradi.

Shuning uchun soxta jurnallar haqidagi ma’lumotga ega bolish yoki ega bo’lmaslik ushbu soxta jurnallarning bozorini rivojlantirishga to’sqinlik qila olmaydi.

@azizovulugbek