Get Mystery Box with random crypto!

Azizbek Sotvoldiyev | Shaxsiy blog

Telegram kanalining logotibi azizbek_sotvoldiyev_blog — Azizbek Sotvoldiyev | Shaxsiy blog A
Telegram kanalining logotibi azizbek_sotvoldiyev_blog — Azizbek Sotvoldiyev | Shaxsiy blog
Kanal manzili: @azizbek_sotvoldiyev_blog
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24
Kanalning ta’rifi

Azizbek Sotvoldiyevning shaxsiy blogi
Sotvoldiyev Azizbek: @Azizbek_Sotvoldiyev_smm

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-06-27 05:34:09
Marketologlarga yuboramiz

@Azizbek_sotvoldiyev_blog
98 viewsedited  02:34
Ochish/sharhlash
2022-05-31 11:06:14
16 yoshli IT mutaxassis

Azizbek Sotvoldiyev 2005-yil Quva tumanida tug'ilgan. Hozirda Quva tumanidagi 2-umumiy o'rta ta'lim maktabining 10-sinfni tamomladi.

14 yoshida ITga bo'lgan qiziqishi uyg'ongan va hozirda IT Park Farg'ona filialida SMM kursida ta'lim olmoqda. Quva tumanidagi IT Centerda esa SMM va dizayn yo'nalishida faoliyat yuritib kelyapti hamda Westen o'quv markazida SMM menejerlik qilmoqda!

Azizbekning kelajakka qo'ygan maqsadlari ulkan va ushbu maqsadlarga albatta IT orqali erishishni niyat qilgan. Siz ham kelajakda katta maqsadlarga erishishni istasangiz, IT kurslarimizdan birini hozirdan o'rganishni boshlang!

Manba: IT PARK FARG'ONA

@Azizbek_Sotvoldiyev_blog
317 viewsedited  08:06
Ochish/sharhlash
2022-05-23 10:00:20
SMM eng oson kasbmi?

Hozirgi kunda SMM sohasi rivojlanib bormoqda. Ko'p yoshlar SMMni o'rganishni boshlashdi, hayollarida esa SMM eng oson hamda yuqori oylik to'lanuvchi kasb sifatida namoyon bo'ladi. Aslida ham shundaymi?

Yo'q, SMM bu oson kasb emas.
Siz SMM yo'nalishida muvaffaqiyatga erishib yuqori daromad olishingiz uchun hayotingizni SMMga bog'lab, doimiy rivojlanishingiz, uyqu va foydasiz o'yin-kulgudan voz kechishingiz kerak.

SMM managerining vazifasi faqatgina rasim ostiga gap yozib joylash emas. SMM menejer strategiya va planlar tuzishi, TZlar berishi, analiz qilishi, kreativ g'oya kiritishi va boshqa shu kabi ishlarni bajarishi zarur.

Yodda tuting, SMMda katta pul ishlashingiz mumkin ammo SMM kursini bitiriboq emas, tajriba va portfolio yeg'ganizdan so'ng.

SMM oson deganlarga yuboring
@Azizbek_Sotvoldiyev_blog
337 viewsedited  07:00
Ochish/sharhlash
2022-05-22 09:30:37
Coca Cola haqida faktlar

Issiq kunda salqin ichimliklarga bo'lgan talab ortib boradi.
Shu tufaylik men Coca-Colaga oid qiziqarli ma'lumotlarni tayyorladik.

- Coca-Colaning ilk logotipini uning buxgalteri tomonidan 1886-yilda yaratiladi va deyarlik o'zgarishsiz yetib kelgan.

- Coca-Colani sayyoramizning 94 foiz aholisi bir marotaba bo'lsa ham tatib ko'rgan, dunyo aholisining qariyb 96 foizi Coca-Cola logotipini taniydi.

- Coca-Cola brendi 83,8 milliard dollardan ko'proq mablag'ni tashkil etadi. 2015 yilda Coca-Cola Apple va Googledan keyin dunyodagi uchinchi qimmatbaho brendga aylandi.

- Coca-Cola birinchi yili atigi 25 shisha ichimlik sotgan. Bugungi kunga kelib u kuniga 1,8 milliard shisha sotmoqda.

- 1931-yilda Coca-Cola taniqli Santa Klausning qiyofasini yaratdi.

P.s. Siz Coca-Cola haqida ya'na qanday ma'lumotlarni bilasiz, izohlarda yozib qoldiring.

@Azizbek_Sotvoldiyev_blog
259 viewsedited  06:30
Ochish/sharhlash
2022-05-13 14:23:57
Mening ish joyim.

Men Westen o'quv markazining SMM menejeri bo'ldim.

Westen o'quv markazining ochilish marosimi Iyun oyida bo'lib o'tadi. Westen o'quv markazi O'zbekiston miqyosidagi eng zamonaviy o'quv markazlardan biri hisoblanadi.

Westen o'quv markazida siz Ingliz tili va IT yo'nalishlarida ta'lim olishingiz mumkin.

@Azizbek_Sotvoldiyev_blog
858 viewsedited  11:23
Ochish/sharhlash
2022-05-13 08:01:04
SMM strategiy

SMM strategiya tuzish uchun
8 ta qadam:
1. Kompaniya mahsulotining SWOT tahlilini o'tqazing.
2. Ijtimoiy tarmoqlar orqali kompaniyangiz qanday natijalarga erishmoqchi?
3. Navbatdagi vazifa kompaniyaning maqsadli auditoriyasini aniqlash.
4. Brendingizni qaysi tarmoqda rivojlantirmoqchisiz?
5. Kompaniya raqobatchilarining ijtimoiy tarmoqlaridagi harakatini tahlil qilib chiqing.
6. Nazariy va tahliliy harakatlardan so'ng amaliy harakatga o'tishingiz kerak.
7. O'z brend dizayningizni yarating.
8. Barcha ishlar tayyor bo'lgandan so'ng, ijtimoiy tarmoqlarni yuritishni boshlang.

P.s. Foydali bo'ldi deb o'ylayman ;)

@Azizbek_Sotvoldiyev_blog
243 viewsedited  05:01
Ochish/sharhlash
2022-05-12 09:30:01
SMM

SMM (Social Media Marketing)
– ijtimoiy media marketing. SMM ham marketingning bir qismi hisoblanadi.

Uning maqsadi – Telegram, Facebook, Instagram va boshqa ijtimoiy platformalarda marketing faoliyatini yo'lga qo'yish hamda yangi mijoz jalb etish, mijozlarni ushlab qolish, ketgan mijozlarni qaytarib olib kelish.

SMM faqat reklama post joylash emas. SMMchi biznesni o'rganishi, marketing strategiya yaratishi, kontent plan tuzishi va shu kabi murakkab ishlarni ham bajarishi zarur.

P.s. Agar siz ham SMM sohasiga kirmoqchi bo'lsangiz, duch kelishingiz mumkun bo'lgan mashaqqatlarga tayyor turing.

@Azizbek_Sotvoldiyev_blog
224 viewsedited  06:30
Ochish/sharhlash
2022-05-11 10:00:31
Shaxsiy brend

Amazon asoschisi Jeff Bezos aytganidek: "Shaxsiy brend - bu siz xonada bo'lmaganingizda odamlar siz haqingizda gapiradigan gaplar". Ammo bu xonadagi odamlar nima deyishlari faqat sizga bog'liq. Hammasi sizning qo'lingizda.

Men shaxsiy brendni rivojlantirishning bosqichlarini gapirmayaman, asosiy afzalliklarini aytaman.

Daromadni ko'paytirish. Shaxsiy brendingizni yaratib, daromadingizni ko'paytirish sizga osonroq bo'ladi.
Mutaxassis sifatida rivojlanishingiz. Siz o'z ijtimoiy tarmoqlarda bloglaringizni yurutasiz, boshqalar uchun kerakli va foydali kontent tayyorlaysiz, doimo izlanishda bo'lasiz.
Tanilasiz. Boshqa insonlar uchun siz o'z yo'nalishingiz mutaxassisi sifatida tanilishni boshlaysiz, o'z adutoriyangiz va muhlislaringizga ega bo'lasiz.

P.s. O'tirmang, o'z blogingizni yarating, qiziqarli postlar tayyorlang, reklama sotib oling, yaxshi mutaxassis sifatida obro' qozoning!

@Azizbek_Sotvoldiyev_blog
185 viewsedited  07:00
Ochish/sharhlash
2022-05-10 09:02:12
Bir narsa aytaymi...?

Apple kompaniyasi o'z mahsulotlaridan 70% sof daromad olar ekan! Qoyil!

Bu degani siz $1000 ga Iphone olsangiz, faqatgina "apple" ya'ni olma belgisi (brendi) uchun $700 to'laysiz ammo ana shu telifoni ishlab chiqarishga bor yo'g'i $300 ketgan.

P.s. Ana ko'rdingizmi brend qanchalik muhim ehh Iphonchilare :)

@Azizbek_Sotvoldiyev_blog
342 viewsedited  06:02
Ochish/sharhlash
2022-05-09 09:00:17
Brend o'zi nima

Brend
- bu iste'molchilarning ongida shakllanib bo'lgan his-tuyg'ular jamlanmasi.

Brendning o'z xususiyatlari bo'ladi. Shu xislatlari ortidan insonlarning ko'z o'ngida va ongida o'rnashib qoladi. Aynan shuni shakllantira olsangizgina, siz haqiqiy brend yarata olgan bo'lasiz.

Brend kompaniyaning raqobatchilaridan ajralib turishga yordam beruvchi vosita.

Brend ham 2 turga bo'linadi, biznes brend va shaxsiy brend. Bu brend turlari haqida keyinchalik batafsil to'xtalib o'taman.

@Azizbek_Sotvoldiyev_blog
205 viewsedited  06:00
Ochish/sharhlash